Get Mystery Box with random crypto!

KO'NGLING DENGIZI Sen ko'nglimga sig'maysan dema, Ko'zlaringg | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

KO'NGLING DENGIZI

Sen ko'nglimga sig'maysan dema,
Ko'zlaringga ko'zlarim zordir.
Men marvarid izlagan kema,
Ko'zing dengiz, ko'zing tumordir.

Sen ko'nglimga sig'maysan dema,
Senga mushtoq kerakkinangni.
Topa olsam xazina asli,
Ko'ksingdagi yurakkinangni!

Sen ko'nglimga sig'maysan dema,
Sohillarga to'kilgan ishqman.
Chag'alaylar tilida sayrab,
Noming aytgan mashhur oshiqman!

Zaminday keng yelkanlarimda,
Senga bo'lgan muhabbat bordir.
Qayiqchalar siqqan ko'nglingda,
Kemaga joy yo'qligi ordir!

Sen ko'nglimga sig'maysan dema!

Niyatullo Elbek o'g'li

Kimga yuborishni bilasiz

Kanalga kiring

https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar