Get Mystery Box with random crypto!

*** Qachon tarqab ketar ko‘zimdan tuman? Har lahza o‘zimdan x | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

***
Qachon tarqab ketar ko‘zimdan tuman?
Har lahza o‘zimdan xavotirman men.
Qulog‘i eshitmas sozandadurman,
Rangni ajratolmas musavvirman men.

Chizgan suvratlarim hammasi bir xil,
Kuylarimning barin ohangi o‘xshash.
Tasavvur oynasin sindirdim chil-chil,
Ruhimda boshlandi abadiy savash.

Sersavol bandangni buncha suyasan,
Jilmayib qo’yasan isyonlariga.
Mehribon qo’llaring haqqiga qasam,
Meni uloqtirma zulmat qa’riga.

Qayerda munavvar, pok bir makon bor,
Qayga olib qochay murg’ak bolamni?
Ey, buyuk Musavvir, ulug’ San’atkor,
O’zing ko’rganingdek ko’rsat olamni.


Mehrinoz


Kanalga kiring
https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar