Get Mystery Box with random crypto!

Hammani yaxshi deb bilganim aybim, Hammani suyganim bo‘lgan bi | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

Hammani yaxshi deb bilganim aybim,
Hammani suyganim bo‘lgan bir gunoh.
Yaqin olganimmi  meni xatoyim,
Bularning barchasi hukmimga guvoh.

Qanday yashamog‘i kerak odamzot,
Yomonlik qilmadim lekin yomonman.
Farishta demayman o‘zimni zinhor,
Ammo haqiqat-u, haqlik tomonman.

Bariga ko‘z yumib keldim . Jim edim.
Nafratni ko‘mgandim butkul yurakka.
Biroq bu qabrni men ochmagandim
Oxir pichoq borib tegdi suyakka.

Mayli , mayli deya men hamon jimman,
Og‘ir jazolarga etildim mahkum.
Yo‘q , yo‘q qarg‘amadim, aslo chin so‘zim
Faqat ko‘zlarimdan qon oqdi yum-yum.

Men haq bo‘lsamda lek nohaq sanaldim,
Bu so‘zlar ayblovmas , bu bari tuxmat.
Inkor etmayapman bo‘ling  hotirjam,
Yozganlarim xatda, kul bo‘ldi u xat.

Ismimni o‘chiring xotirangizdan,
Men bir gunohkorman , mening nomim shum,
O‘qilgan hukumni ado  etaman.
Shul ondan  jazoga bo‘laman mahkum.

Hamidova Sitora


Kanalga kiring
https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar