Get Mystery Box with random crypto!

Xato Oshiq bo'lib men seni sevdim! Dilginamga ishq sarob bo'l | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

Xato

Oshiq bo'lib men seni sevdim!
Dilginamga ishq sarob bo'ldi.
Oqibatin o'ylamay sevdim,
Mukofoti ming azob bo'ldi.

Bag'ishladim senga umrimni,
Sen-chi, menga ayt, nima berding?
Bir umrlik muhabbatimni
Qabrgamas, qalbimga ko'mding!

Ne yomonlik qilgandim axir,
Xatoyimni tushuntir menga?!
Yo'ldan urib qaysi toshbag'ir,
Oh, negayam ishondim senga!

Hammasiga o'zim aybdor!
Ayblarimni yuvib bo'lmaydi.
Ko'ksimda bir injiq yurak bor,
Seni undan quvib bo'lmaydi.

Toki hayot ekanman, afsus,
Bu yurakdan sira chiqmaysan.
O'n sakkiz ming olamda yolg'iz,
Undan boshqa joyga sig'maysan.

Chunki seni jonidan ziyod
Asraguvchi, ko'rguvchi bitta!
Ne sinovga solmasin hayot,
Doim seni sevguvchi bitta!

Buni o'zing bilarsan, ammo
Negadur tan olging kelmaydi.
Balki sevib qilganman xato,
Endi uni yuvib bo'lmaydi.

Kech bo'lsa-da, tushunib yetdim,
Hech kimsaga yurak bermayman.
Sevgi degan so'zni unutdim,
Endi o'zim uchun yashayman!


Kimga yuborishni bilasiz

Kanalga kiring

https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar