Get Mystery Box with random crypto!

HADDAN ORTIQ SUYMANG BIROVNI! Haddan ortiq suymang birovni! | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

HADDAN ORTIQ SUYMANG BIROVNI!

Haddan ortiq suymang birovni!
Bir kun yomon koʻrib qolasiz.
Qattiq yomon koʻrmang birovni!
Balki bir kun suyub qolasiz.

Meʼyor kerak doʻstni suymoqqa,
Chidolmaysiz ketsa firoqqa,
Bir kun sizga hiyonat qilsa,
Muhabbat teng boʻlar tuproqqa.

Muqaddas deb bilmang birovni!
Butunlayin bermang jilovni!
Ishqdan yoqmang qalbingiz butkul,
Suv oʻchirar yongan olovni.

Banda ekan bari bir banda,
Inson qalbi bargdek ekanda,
Bir oz shamol kelsa shu onda,
Huddi bargdek oʻzgararkanda.

Har ne borki oʻrtasi yaxshi,
Haddan oshmas aqilli kishi,
Birdek davom etmaydi hech ish,
Bordir yozning ortidan qishi.

Haddan ortiq suyushga loyiq,
Faqatgina Yaratgan Holiq.
Pushaymonlik keltirmas aslo,
Yaratganni suysangiz ortiq.

Kimga yuborishni bilasiz

Kanalga kiring

https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar