Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi bashorati #Bugun 2022.07.09 Qo'y 21.03-20.04 Bugun | .

Sevgi bashorati

#Bugun
2022.07.09

Qo'y 21.03-20.04

Bugun sevgan insoningizda sizga nisbatan qatiqqo'l bo'lish istagi tug'iladi. Ehtimol bu harakat sizni tarbiyalash maqsadida amalga oshirilar. Qanday bo'lmasin uning bu harakatini bir meyyorga solib, sizga buning keragi yo'qligini tushuntiring.

Buzoq 21.04-21.05

Bugun sevgan insoningiz sizni ishingiz yoki qiziqishlaringizdan qizg'anadi. Ikkinchi yarmingizga uning juda muhim ekanligini ammo ishlaringizni ham nihoyasiga etkazishingiz kerakligini tushuntiring.

Egizaklar 22.05-21.06

Bugun sizni juda ko'p yoqimli, ammo u qadar ahamiyatga ega bo'lmagan sovg'alar kutmoqda. Ammo anchadan beri kutayotgan narsangiz afsuski bugun amalga oshmaydi. Shahsiy hayotingiz borasida ham. Nima ham derdik orzularingiz sari sekin asta qadam bosib boravering.

Qisqichbaqa 22.06-22.07

Bugun sevgan insoningiz sizga nisbatan u yoki bu harakatni bajarishida uyalish tuyg'usi vujudga keladi. Unga bu borada yordam berishga harakat qiling, uni so'z va harakat bilan ruhlantiring.

Arslon 23.07-23.08

Sevgan insoningizga eytibor qiling, aks holda u o'zini sizga kerakmas degan hulosaga keladi. Ishlaringizni bir chetga surib turing. Bugungi kunni birgalikda romantik sayrga bag'ishlang.

Parizod 24.08-23.09

Bugun sevgan insoningiz bo'sh vaqtini sizsiz, do'st va yaqinlari davrasida o'tkazishni istaydi. Unga yo'l bering, buguncha yig'ilib qolgan o'z ishlaringiz bilan shug'ullanib turing.

Tarozi 24.09-23.10

Bugun sevgan insoningiz sizga nimanidir ortiqcha marta tushuntirishni istaymaydi. Xammasini o'zingiz bilganingizcha qilish osonroq. Agar bunday vaziyat sizni qoniqtirmasa ikkinchi yarmingizning tushuntirishlariga diqqat bilan eytibor qiling.

Chayon 24.10-22.11

Bugun sevgan insoningiz siz bilan iloji boricha ko'proq bo'lishni va hayotingizda ishtirok etishni istaydi. Agar bunga rozi bo'lmasangiz yahshisi unga darhol ayting, aks holda keyin uzoq vaqt munosabatlarni muhokama qilasiz.

O'qotar 23.11-21.12

Sevgan insoningizdan ayro o'tkazgan kuningiz siz uchun ham u uchun ham bekor o'tmagan ko'rinadi. Bugun siz ikkingiz ham o'zgarganingizni, demak munosabatlaringiz ham avvalgiday emasligini tushunib olasiz. Yahshimi yoki yomon?

Tog' echkisi 22.12-20.01

Bugun yulduzlar hayotdan to'la bahra olishingizni, o'zingizni bo'sh qo'yib, oqim bo'ylab suzishingizni maslahat berishmoqda. U sizni to'g'ri yo'nalishga olib chiqadi. Asosiysi oqim ushbu yo'nalishga sevgan insoningizni ham olib chiqsin, sababi turli sohillarga tushib qolsangiz ayanchli bo'ladi.

Qovg'a 21.01-18.02

Bugungi kun Qovg'alar uchun tushunmovchiliklar sababli tund bo'lishi mumkin. Turmush rtog'ingiz bilan bir qator tushunmovchiliklar bo'lishi mumkin. Yulduzlar o'z pog'onangizni faol himoya qilishni maslahat bermaydilar, ohir oqibat unga baribir yon bosishingizga to'g'ri keladi. Xech bo'lmasa aqlliroq bo'lganingiz uchun ham.

Baliq 19.02-20.03

Sevgan insoningiz bilan muloyim va ehtiyotkor bo'ling. U bugun butun umringiz davomida orzu qilgan insoningizga o'hshamasa ham u bilan o'tgan bahtli onlaringiz uchun ham unga minatdorchilik bildiring. Iloji bo'lsa so'zda emas amalda.

Hamkorimiz: @Prikologiya
Kanalimiz:@SevgiBashoratiUzb