Get Mystery Box with random crypto!

Muhabbat bog'ida sayr aylagani Rozingni so'rayman go'zal mali | Qalbdagi so'zlar ✍ ✅

Muhabbat bog'ida sayr aylagani
Rozingni so'rayman go'zal malikam,
Ishq deb atalmish kuy kuylagani
sozingni so'rayman go'zal malikam.
♡ ♡
Go'zallik bobida tengging topmagum,
Umidli baytlarim senga bag'ishlay.
Xohishim yuziga eshik yopmagin,
Hatto, tushlarimda seni olqishlay.
♡ ♡
Ko'zlaring charosu mexring beqiyos,
Lablaring g'unchaday alvon ranglarda.
Qalbing yog'dusi sehrga qiyos,
Topilmas o'n sakkiz ming olamda.
♡ ♡
Muhabbat bog'ida sayr aylagani
Rozingni so'rayman go'zal sanamim.
Ishq deya atalgan kuy kuylagani
Sozingni so'rayman go'zal sanamim.


#tushundiza

#Birboshluq