Get Mystery Box with random crypto!

Kunlik davomatni boshlaymiz Hamma jim bo'lsin –Demak qayg'u? | 💛Sherlar💛 ®asmiy kanal💗

Kunlik davomatni boshlaymiz
Hamma jim bo'lsin
–Demak qayg'u?
–Shu yerdaman!
–Alam?
–Shu yerdaman!
–Hasrat?
–Shu yerdaman
–Ishonch?
–Keldim
–Nega kamnamosan?
–Ana o'rnimga gumon kelmoqdaku
–O'zing kel.!
–Harakat qilaman
–Sevgi?
–Shu yerdaman darsni online kuzatmoqdaman
–Qanaqasiga online kuzatasan real hayotda kelsang bo'lmaydimi?
–Hayotda qadrim qolmayapti online ekanligimga ham shukur qiling sal kam zotimiz qidirilmoqda so'ngi avlodman o'zi...
–Vafo?
–.....
–Vafo dedim
–.....
–Yana kelmadi
–Ishonch,Vafo nega kelmayapti?
–Ustoz ular odamlar orasida yurmay qo'ygan... Uni qadrini bilgan hayvon kuchuklar bilan yashamoqda...
–Obbo Uni egizagi "Sadoqat" qani?
–....
–Qani Sadoqat?
–Jurnalga ustidan chizib qo'ying u o'z joniga qasd qildi...

Men sizlarning o'qituvchingiz XXI asr . Sizlarga yangi sinfdoshlar olib keldim...! Tanishing "Ajralish,Hiyonat, Yolğon va Nafrat"... Ular XXI asrning eng faol o'quvchilaridir...

Hayot maktabi