Get Mystery Box with random crypto!

Kutdim... Kutdim Kelishlarini emas, pushaymon bo'lishlarini. | SEVGI SEN UCHUN

Kutdim...

Kutdim
Kelishlarini emas, pushaymon bo'lishlarini.

Kutdim
Kechirishlarini emas, bir oz bo'lsa ham tushunishlarini.

Kutdim
Gapirishlarini emas, jim turishlarini.

Kutdim
Mehr berishlarini emas, holim so'rashlarini.

Kutdim
Yig'latishlarini emas, kuldirishlarini.

Kutdim
Sog'inganlari uchun emas, hayotlarida borligim uchun yonimda bo'lishlarini.

Kutdim
Ketishlarini emas, kelishlarini.

Kutdim
"Sevaman" deyishlarini emas, "Yaxshiyam borsan" deyishlarini.

Kutdim
Baxtlar tilashlarini emas, baxtli qilishlarini.

Kutdim
"Kechir" deyishlarini emas, ayblarini tushunishlarini.

... va kutdim, qabrimga gullar qo'yishlarini emas, borligimda qadrlashlarini....

Shunchaki kutdim....
Jim kutdim ...

Ayta olmaganlarim


#Malak

@Sevgi_Sen_Uchu_N