Get Mystery Box with random crypto!

Matyakubova M (Rasmiy Kanal) | Mandyning hikoyalari qissalari | Mandyning ijod kanali🇺🇿

Telegram kanalining logotibi sevgi_muhabbat_hikoyalari_mandy — Matyakubova M (Rasmiy Kanal) | Mandyning hikoyalari qissalari | Mandyning ijod kanali🇺🇿 M
Telegram kanalining logotibi sevgi_muhabbat_hikoyalari_mandy — Matyakubova M (Rasmiy Kanal) | Mandyning hikoyalari qissalari | Mandyning ijod kanali🇺🇿
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.97K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum!
Bu yerda #M_Matyakubova yozgan hikoyalarni topa olasiz 😊. Kanal sizlarga yoqsa xursand boʻlaman.
Hurmat bilan: #Mandy

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-08-10 10:50:18
Baxt sari bir qadam qolganida

#Muallif_Mandy_Matyakubova
6.0K views★★ Mandy Matyakubova★★, 07:50
Ochish/sharhlash
2022-08-10 10:47:31 Asssalomu alaykum qadrdonlarim. Sogʻ salomatlisizlar? Mana yana bitta hikoyam oʻz nihoyasiga yetdi... Hikoyadagi kamchiliklar uchun uzur soʻrayman bazi joylarida juda ikr chikirigacha yozib sizlarni zeriktirib qoʻyishdan qoʻrqdim.. Humayro bazi bir jinni hislatlarini oʻzimdan olganman ayniqsa yigʻloqiligini ... Hamma hikoyalarimda yigitlarni juda rashkchi va jiddiy tasvirlayman. Ibo hayo ayol kishining chiroyi boʻlsa jiddiylik yigit kishining koʻrki. Rashk boʻlsa faqat solihlarga inom etilgan. Rashksiz erkakga jannat harom qilingan... Hikoyamda bazi bir obrazlar qolib ketgan boʻlishi mumkin.. Sharizodani ahvoli nima kechdi deysizlar ahir Eldorning dadasi oʻz oʻzidan yaxshi tarafga oʻzgarmadi u qilgan xatosini toʼgʻirlab adovatni unutdi... Har qachon bitta insonni hayotiga kirdingizmi uni yigʻlatib tashlab ketmang oxirigacha kurashing. Baxtga abatta yetasiz. Hali koʻrasiz bu kunlarni kulib eslaysiz... Keyingi hikoyalarimda koʻrishguncha....


Sizlar bilan Tentak yozuvchingiz #Mandy boʻldi.
5.6K views★★ Mandy Matyakubova★★, 07:47
Ochish/sharhlash
2022-08-10 10:47:26 Umr bahori

#N_70

#Muallif_Mandy_Matyakubova

Goʻzal kunlarning birida...
— Kim bor??? Biron kim bormi??— deya baqirib Ilyos amaki Eldorning uyiga kirib keldi... Eldor bu ovozni tanib yugurib hovliga chiqdi..
— Assalomu alaykum!
— Va alaykum assalom. Kelin qani bizga choy berib kelin salom qilmaydimi qaynona qaynotasiga!?— dedi Ilyos amaki kulib.
— Uyquchi kelindirda!!!— deya yuzida tabassum bilan onasi ham kirib keldi... Eldor hayron ularga qaradi
— Nima qilyapsizlar?!— dedi Eldor hayratdan.
— Kelinimni olib ketgani keldik. Uyga ketamiz bolalarim!— dedi Ilyos amaki ... Eldor hayratda edi sevinchi ichiga sigʻmayotgandi... Ichkaridan oy kuni yaqinlashgan Humayro qiynalibgina yurub chiqdida Qaynona qaynotasiga kelin salom qildi...
— Boʻldi qiynalmang qizim biz hazillashdik ..... Dedi Ilyos amaki Humayroni koʻrgach
— Voy qizim esom omon yorugʻ dunyoga chiqib olgin ... Yoningda oʻzim turay tugʻayotganingda... Dedi Onasi Humayroni quchib..
— Oyijooonnn dardim boshlanyaptii!! Qoʻrqib ketyapman!— dedi Humayro qornini ushlab..
— Voy qizim shuning uchun qiynalib yurub chiqdingizmi. Eldor nimaga qarab turubsan tez moshinani yurgaz.... Deya onasi shosha boshladi Ilyos amaki Eldorga qaradi. Eldorning yuzi oqarib ketgan shippakda moshinaga qarab yugurdi... Humayroning dardi borgan sari kuchayib baqirib yigʻlay boshladi... Eldor tezlikni oshirar onasi Humayroni yuzi koʻzini silab sabr qiling derdi... Turgʻuqxonaga yetib kelishlari bilan Eldor bir amallab Humayroni koʻtarib ichkariga olib kirdi ularning ortidan Ilyos amaki ham kelib Arslon amakiga qoʻngʻiroq qildi... Humayroni ichkariga olib ketishgach Eldor bir joyda turolmay u yoqdan bu yoqqa borib kelib qoʻlini musht qilib devorga urub qoʻyardi...
— Eldoe buncha siqilaverma hech nima qilmaydi. Men ham sen tugʻulganingda shunday siqilgandim. Mana onang mendan sogʻlom yurubdi 45 yoshni qoralab... Dedi Ilyos amaki..
— Dadaaa hazil sigʻmayapti.... Dedi Eldor...
— Qani qizim qani?? Deya Arslon amaki Husniddin bilan yugurib kelishdi ...
— Ey quda keldingmi? Biz koʻrishmaymizmi. Dedi Ilyos amaki Arslon amakiga quchoq ochib.. Arslon amaki hayratda ...
— Keling Dada Humayroni olib kirob ketishdi...
Dedi Eldor kelib.
— Ilyos oʻzingmisan??— dedi Arslon amaki.
— Ha oʻzimman eski dilxiraliklar unut boʻlsin... Deya Ilyos amaki Arslon amakini quchdi...
— Humayro turmush oʻrtogʻi kim???
— Men. Deya baqirdi Eldor ..
— Oʻgʻil muborak...
— Vay ota oʻgʻil malades... Deya Ilyos amaki Eldorni quchib bir birlarini tabriklashdi...... Eldor oʻgʻlini koʻrish uchun besh daqiqaga ruhsat olib ichkariga kirdi... Humayro koʻzida yosh bilan oʻgʻliga qarab yotardi...
— Yaxshimisan?!— dedi Eldor sekin Humayroni yoniga oʻtirib...
— Endi shunday semiz boʻlib qolsam meni sevmaysizmi?— dedi Humayro . Eldor peshonasiga bir urub kuldida
— Humayro jinni gaplarni qoʻy. Fildek boʻlib semirsang ham sevaman... Sen bilan baxtliman..
— Men ham... Abubakr qoʻyamiz a ismini?.
— Ha!

Tamom..
4.6K views★★ Mandy Matyakubova★★, 07:47
Ochish/sharhlash
2022-08-08 23:03:19 Rostan seryozna rostan seryozna deyotganlarga rostan ham uchta yozdim
4.7K views★★ Mandy Matyakubova★★, 20:03
Ochish/sharhlash
2022-08-08 22:56:07 Umr bahori

#N_69

#Muallif_Mandy_Matyakubova

4 oydan soʻng...

— Baqaloq tezroq chiq kech qolyapmiz!?? Axir Feruz kutyapti..
Deya Eldor gʻazablana boshladi.
— Chiqyapman mana chiqdim... Deya Humayro uzun koʻylakda kamiga poshna kiyib qiynalibgina yurub chiqdi ...
— Humayro uyda oʻtir gulim kerakmas senga toʻy! Semirib ketganingdan yurolmayapsan ham!.
—Semirganim yoʻq bolayiz... Boraman men borsam mazza qilolmasizda a? Qizlarga gapirib shunaqami?
— Hop borasan unda oʻzinga qulay kiyin. Poshnani otib yubor yiqilib tushsang nima boʻladi? Koʻylagingni qara yelkasiga nega material yetmabdi desam etagiga ketgan ekan hamma material yerda ikki yarim metiri sudralib yurubdi oʻralashib dumalab ketasan qorning bilan...
— Hop bormayman. Oʻzingiz borib kelavering oʻynashlariz oldida xotiniz bilan yurushdan uyalayotgandirsizda mayli nima ham derdim.... Deya Humayro tuflisini Eldorning oyogʻi ostiga otib yuborib xonasiga chiqib ketdi... Eldor peshonasini ikki marta eshikka urub keyin Humayroni oldiga kirdi Humaro allaqachon koʻylagini yechib tashlab koʻylakni kesib tashlayotgan edi... Eldor qoʻlidan olib chetroqqa tashladi.
— Nima qilyapsan Humayro?
— Hech nima!
— Koʻzimga sendan boshqa hech kim koʻrinmasligini qachon tushunib yetasan.. sen borsan men tirikman .... Deya Eldor shkafni ochib Humayroga koʻylak tanlab uzatdi..
— Tez kiy. Sabrina hafa boʻladi bormasang!.. deya Eldor teskari aylanib turub oldi... Humayro koʻylakni kiyib oyogʻiga krasofka kiydi..da Eldorni oldiga kelib turub oldi...
— Ha nima??
— Krasofka kiydim.
— oʻzingga qulaymi?
— ha.
— Unda ketdik... Eldor boshqa gapirmasdan moshinaga chiqdi ortidan Humayro ham. Humayro sezib turardi Eldor hafa boʻlganini Toʻyxonaga yetib kelgacha endi moshinadan tushishayotganda Humayro Eldorni toʻxtatdi...
— Qizlarga qarasangiz koʻzingizga qoʻlimni tiqvolaman... Dedi Humayro ... Eldor Humayroga qarab kulib yubordi.
— Unda hozir tiqib olaqol bilmay qarab qoʻyishim mumkin!!!.
— Shunaqami? Men ham siz bilan oʻtiraman oʻsha doʻstlaringiz oldida yoki Muslim bilan oʻtirsammkin nima dedingiz??
— Humayro!. Deya Eldor moshinani oynasiga mushti bilan urdi. Oyna chil chil sinib Eldorni qoʻli qonab ketdi
— Bu nima qilganingizz??? Humayro baqirib yubordi .
— Jahlimni chiqarma deganman... Deya Eldor choʻntagidan roʻmolchani olib qoʻlidagi qonni artib tashladi..
— Dorixonaga boraylik.. bogʻlab qoʻyaman..
— Kerakmas hech nima ichkariga yur. Muslim bilan oʻtirasan. Deya Eldor Humayroni qoʻlidan toʻrtqilab Toʻyxonaga olib kirdi... Hamma kelgan doʻstlar kursdoshlar. Eldor Muslimni qidirdi Muslim chekkada bitta doʻsti bilan suxbatlashib oʻtirgandi.. Eldor uni koʻrdida Humayroni qoʻlini qoʻyib yubordi.
— Bor oldiga borib oʻtir... Dedi Eldor va Doʻstlari oldiga oʻtib ketdi Humayro koʻzida yosh bilan oʻrtada qoldi... Biroz turgach toʻyxonadan tashqariga chiqib moshina oldiga kelib oyna sinigʻidan bittasini oldida tomiriga olib bordi... Endi kesay deganda Eldor kelib qoʻlidan olib otib yubordi..
— Bu nima qilganing ahmoq.?— deya baqirdi Eldor...
— Kerakmaymanku sizga oʻzga erkakni oldiga boraver dedingiz!— dedi Humayro yerga qarab yigʻlab..Eldor gʻazabi ozroq bosilib Humayroni quchmoqchi boʻldi qorin halal berib qoldi... Humayro yigʻlab turganiga bunga etibor bermadi Eldor aylanib Humayroni orqasidan quchdi..
— Baqalogʻim oʻzimni boʻldi yigʻlamagin uni yonida oʻtirmasligingni bilaman. Agar oʻshani oldiga borib oʻtirganingda ikkalang ham tirik qolmasdingiz...
— Yaxshi boʻlibdi..
— Yaxshimi??? Seni urmasam boʻlmaydiganga oʻxshaydi..
— Ey shu yerda ham urushyasizlarmi.. Biz keldik toʻyxonaga kirmoqchimiz!— dedi Feruz kulib.
— Baxtli boʻlinglar ... Dedi Humayro.
— Oʻzingni ham koʻramiz hali kulaverchi Mamarayim.. dedi Eldor kulib.
— Men ham shunda chiroyli boʻlganmanmi?— dedi Humayro Eldorga.
— Bilmayma.. chunki oʻsha payti men faqat seni koʻzlaringdagi baxtni tomosha qilish bilan band edim...
4.6K views★★ Mandy Matyakubova★★, 19:56
Ochish/sharhlash
2022-08-08 22:16:41 Umr bahori

#N_68

#Muallif_Mandy_Matyakubova

— Eldor aka. Akam sizni oʻldirib qoʻyadla kirsangiz!!— dedi Humyaro uyi oldida Eldor bilan turar ekan
— Jiyani otasiz qolishni hohlamasa oʻldirmaydi!— dedi Eldor kulib...
— Ey jinnilikni qoʻying. Bolajonim tirik chiqaylikda!— dedi Humayro qornini ushlab..
— Ha oʻgʻlim mendek kuchli .
— Qiz boʻladi dedim sizga!!— dedi Humayro Eldorni chimchilab.
— Menga farqi yoʻq.. Ketdik... Eldoe Humayroni qoʻlidan ushlab uyga kirdi Hovlida Arslon amaki va Husniddin choy ichib oʻtirishgandi... Arslon amaki ularni koʻrishi bilan qoʻlidagi choyni xontaxtaga qattiq qoʻydi... Husniddin oʻrnidan turub jiddiy qiyofada ularga qaradi..
— Kuyov yov degani emas ey nega bunday qaraysizlar?! Humayro xonangni sogʻinganmiding borib koʻrib chiq!— dedi Eldor Humayroga qarab. Humayro endi hovlini oʻrtasiga borganida Husniddin gapirdi.
— Humayro toʻxta!.
— Humayro xonangga chiq dedim!— dedi Eldor Husniddindan koʻz uzmay.. Humayro ikki oʻt orasida qoldi bir Akasiga bir eriga qarab turaverdi.
— Qizim oldimga kel!— dedi Arslon amaki nihoyat... Humayro sekin Arslon amakini oldiga kelib turdi..
— Shu paytgacha nimaga kelmading... Ota onani arazi bir soatga bormaydi... Dedi Arslon amaki va oʻrnidan turub Humaroni peshonasidan oʻpib bagʻriga bosdi...
— Ha Kuyov nima qilib turubsan? Endi qizimni bermayman.. dedi Asrlon amaki kulib Eldorga qarab.
— Olib qochib ketganimni bilmay qolasiz... Man hafaligingizni bilaman... Men uylanmaganman bu shunchaki tomosha boʻlgan. Dadamni bilasizku....
— Ha bilaman. Senga qizimni ishonganman Ilyosga oʻxshamaysan...
— Meni oʻgaymanmi Singlim?!— dedi Husniddin Humayroga qarab.. Humayro kulib Husniddinni oldiga yugurdi...
— Yugurma yaramas sekinroq yur!— deya baqirdi Eldor...
— Nimaga baqirasan singlimga?!— dedi Husniddin Humayroni yelkasidan qoʻlini oʻtkazib...
— Jiyaningizni ehtiyot qilsinda!— dedi Eldor kulib... Arslon amaki va Husniddin juda hursand boʻlib ketishdi... Humayro uyalganidan koʻzini yerdan uzmadi...
— Buni nishonlash kerak!?! Sen yoqtirgan Toʻrtlardan buyurtma qilamiz!— dedi Husniddin hursandligidan Humayroga..
—Koʻrdingizmi akam meni oʻylaydilar. Siz doim gʻalati shirinliklar topib kelasiz .. dedi Humayro Eldorga qarab.
— Ha oʻsha gʻalatilarni kim aytadi menga??
— Qoʻshnim.. deya Humayro oʻzini xonasiga chiqib ketdi... Humayro xonasiga chiqgach Eldor Arslon amakinl yoniga kelib oʻtirdi..
— Dadam qilgan ishi uchun sizdan uzur soʻrayman... Meni ham aybim bor tan olaman... Lekin sizga kattakon rahmat menga shunday sabrli iboli qizni tarbiya qilib berganingiz uchun... Uni hech qachon yigʻlatmaynan deyolmiman chunki Humayro juda erka qiz oʻzingiz ham bilasiz. Tayyorlagan qahfasi oʻxshamasa ham yigʻlab oladi.. bazida kulaman bazida urushaman yigʻlama deb.. Koʻnglingiz toʻq boʻlsin endi uni qiynamayman azob bermayman.
— Baraka top roziman...
4.0K views★★ Mandy Matyakubova★★, 19:16
Ochish/sharhlash
2022-08-08 21:39:21 Umr bahori

#N_67

#Muallif_Mandy_Matyakubova

Eldor restoranlardan qidirib qisqichbaqa topgach olib chiqib Humayroga uzatdi.. Humayro shoshib idishni ochdiyu baqirib idishni oynadan otib yubordi...
— Vaydooddd... .
— Haaa nima boʻldi nega otib yuborasan?... Dedi Eldor choʻchib.
— Qoʻrqinchli ekan qisqichbaqalar. Tirilib ketadigandek tuyuldi... Dedi Humayro yigʻlab.
— Jinnimisan nimaga tiriladi. Oʻzing yeyman dedingku!.
— Tavba qildim boshqa aytmayman. Qoʻrqinchli ekan..
— Jinnisan a? Hozir toʻgʻri bitta joyga boramiz. Kuchli boʻl hopmi iltimos?!.. Humayro jim qoldi.. Eldor toʻgʻri Ilyos amakini oldiga keldi...
— Ichkariga kirmaymiz iltimos.. dedi Humayro uyga qarab.
— Senga kuchli boʻl dedim... Iltimos men uchun endi yur... Eldor Humayroning qoʻlidan ushlab uyga olib kirdi... Ularni onasi qarshi oldi..
— Oyi dadam qayerdalar?
— Xonasida tinchlikmi?? Nima boʻldi?
— Hech nima oyi... Eldor Humayroni qoʻlidan tortqilab Ilyos amakini xonasiga olib kirdi..
— Assalomu alaykim dada? Mazza qilib oʻtiribsizmi??? Dedi Eldor.
— Va alaykum assalom tinchlikmi kech boʻlganida..
— Ha dada hammasini bildim. Siz gʻolib boʻldingiz. Oʻsha soxta keliningizni maqsadi pul ekan. Humayroni oʻgʻirlab ketib mendan katta miqdorda pul uy va moshina oldi... Muhimi Koʻnglingiz joyiga tushdimi...
— Eldor bular!!!
— Arslon amaki bilan urishish kerak shuning uchunmi???. Men sizni rozi qilish uchun oʻsha qizga uylandim. Rozimisiz???
— Ha roziman..
— Endi hayr. Sizdan menga hech nima kerak emas.. Rozi qildim meni tinch qoʻying.... Deya Eldor xonadam chiqdi koʻzidan yosh oqsa ham Humayroga koʻrsatmaslikka hatakat qildi..
— Bunday qilmang!.— dedi Humayro Eldorni qoʻlidan qattiq siqib..
— Yoʻq! Oyi yaxshi qoling. Men ketdim.... Deya Eldor orqasiga aylanib ham qaramasdan uyda chiqa boshladi...
— Eldor!— deya baqirdi Onasi Eldorga .... Eldor toʻxtadiyu sekin Onasiga aylanib qaradi...
— Kechiring ona! Dedi Eldor yigʻlab.
— Baxtli boʼl oʻgʻlim roziman.. dedi onasi yigʻlab... Eldor uydan tezroq chiqib ketay deya tez yurdi darvozadan chiqgach... Moshina oldiga endi kelganida Humayro Eldorni toʻxtatib oʻziga qaratdi.... Eldor gapirmay Humayroni bagʻriga bosib yigʻlab yubordi...
— Kechiring hammasi meni deb!!— dedi Humayro ham yigʻlagancha.
— Uyga yur... Ertaga uyinga boramiz dadang va akangni rozi qilaman...
3.9K views★★ Mandy Matyakubova★★, 18:39
Ochish/sharhlash
2022-08-07 08:48:32 Og'risa ham ko'ngliz lekin
Onajon hech bildirmaysiz-a
Ayting onam onajonginam
Mendan ko'ngliz og'rimadimi.?

Kechiring men nodonginani
Sizga mehr bera olmadim...
Ketib musofir yurtlar tomon
Ko'nglizga hech qarolmadim

Kechirsangiz kechiring ona
Qadringizni endi bilyapman
Jannatdagi gulimsiz ona
Mendan ko'ngliz og'rimadimi.?

Asrorbek Burhonov
4.6K views★★ Mandy Matyakubova★★, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:03:01 Umr bahori #N_65 #Muallif_Mandy_Matyakubova — Salom. Humayro yaxshimisiz? Men Shahrizodaman. Eldor akani kimdir doʻpposlab koʻchaga tashlab ketibdi. Tezroq keling bilasiz menga gapirmaydilar... Dedi Shahrizoda kech boʻlganida Humayroga qoʻngʻiroq qilib....…
4.8K views★★ Mandy Matyakubova★★, 17:03
Ochish/sharhlash