Get Mystery Box with random crypto!

Baxt sari bir qadam qolganida #Muallif_Mandy_Matyakubova   | Matyakubova M (Rasmiy Kanal) | Mandyning hikoyalari qissalari | Mandyning ijod kanali🇺🇿

Baxt sari bir qadam qolganida

#Muallif_Mandy_Matyakubova

                 #N_7

Kasalxonada baqirib yigʻlayverdim Xolam hayotimdagi eng oxirgi yaqin insonim edi...
— Nilufar oʻzingni qoʻlga ol!!!— deya Muhammad sabri tugab gapirdi. Oʻrnimdan turub borib Muhammadni yoqasidan ushladim.
— U mening oxirgi yaqin insonim edi tushunyapsanmi oxirgi yaqin insonim edi.. Endi men kimga suyanaman kimga nima qilaman tushunyapsanmi endi men kim uchun yashayman gapir. Qanday tinchlanay gapir... Muhammadga shu qadar baqirib gapirdimki uning yuzi gʻazabdan qizarib ketdi...
— Meni onam ham hammasidan ayrilgan jonidan ortiq sevgan insoni onamni yashashi uchun oʻzga bir insonga oʻz yuragini berib oʻzi oʻlgan... Tushunyapsanmi??? Sen bitta xolangni gapiryapsan... Onam endigina tugʻulgan egizak farzandlaridan ayrilga bunichi buni qandayligini bilasanmi? Oʻzingni yigʻishtirib ol!— deya Muhammad menga yana ham oʻshqirdi hamma bizga qarab turardi jim qoldim hech nima demadim... Xolsiz oʻtirib qoldim... Muhammad kelib meni koʻtarib olib moshinasiga qoʻyib oʻzi yana kasalxonaga kirib ketdi. Yarim soat deganda kasalxonadan chiqdi shu payt Yasmina va Ali ham kelishdi...
— Bardoshli boʻl Nilufar hali hammasi oldinda... — dedi Yasmina kelib meni quchib...
— Opaaa!!! Dedim yigʻlab...
— Iya qizim tengi boʻlib meni opa deyishini qaranglar buni!!!
— Opa deb ja qaritib yubormada buvi degin qizim!— dedi Ali Nilufarga...
— Oyi dada kim nima dardda sizlarni hazilingizni qarang-u... Ertaga ertalab chiqarisha ekan kasalxonadan...— dedi Muhammad..
— Nimaga!
— Qandaydir tekshiruvlari boʻlarkanmish. Xozir berishmaskan... Gaplashib chiqdim!— dedi Muhammad moshinaga oʻtirib..
— Unda uyga....
Ali va Yasmina oʻzlarini moshinalariga chiqishdi... Moshinada jim gapirmasdan ketardik gohida Muhammad menga qarab qoʻyardi... Uyga yetib keldik Ali va Yasmina bizdan oldin kelishibdi darvozadan kirishimizga bitta qiz yugurib chiqdi juda goʻzal ohu koʻzli sochlari uzun sunbul tilla rangda yoshi oʻn sakkizlar atrofidagi qiz...
— Aka men keldim!!!— deya Muhammadning boʻyniga osilib oldi. Muhammad terakdek uzun edida...
— Mushukcham kelibdida. Meni asablarimni egovlashga. Sayohat qanday boʻldi..?— dedi Muhammad hursand boʻlib.
— Juda zoʻr sizga hammasini aytib beraman qayerga borganlarimni ikki kun tinmasdan gapira olaman ishlaringizni yigʻishtirib turing..— dedi qiz qiqirlab kulib.
— Boshlandiii!— dedi Muhammad yuzini ushlab.
— Singlingku Muhammad!— dedi Yasmina kulib...
— Iya bu qiz kim boʻldi? Meni koʻylagim... Men yoʻqligimda uylandingizmi???— dedi qiz Muhammadga moʻltillab qarab.
— Farzona u endi seni opang boʻladi... Akang uylanmadi havotir olma opang bilan xonangga chiqib dam olinglar. Uni ahvoli yaxshi emas... Dedi Ali
— Xop dadaaaa... Deya Farzona oldin meni quchdi keyin xonasiga qarab tortqilay boshladi..
— siz bilan tanishishga sabrim tugamay ketyapti hozir sizni savollarga koʻmib tashlayman!— deya Farzona qiqirlab kulardi u jusa begʻubor huddi yosh boladek edi..
— Opangga ortiqcha savol berma qizim!— deya baqirdi Yasmina.
— Oyi ertalabgacha Nilufar qochib ketadi bu qizingiz bilan birga yotsa!— dedi Muhammad kulib..
— Ahmoq bola! Seni oʻrningga ham gapiradida bu ... Rostan ham nega bunchalik koʻp gapirar ekan a bu qiz!— dedi Yasmina kulib.
— Onasiga oʻxshagan!— dedi Ali kulib..
— Men dadamga oʻxshayman shundaymi dada!— dedi Muhammad Alini quchib... Yasmina koʻzida biroz yosh aylanib ketdiyu sezdirmadi.