Get Mystery Box with random crypto!

#Qonli_atirgul 2 qism Buvimni gapi to‘g‘ri chiqib kasallik v | Ajoyib hikoyalar

#Qonli_atirgul

2 qism

Buvimni gapi to‘g‘ri chiqib kasallik va dardlardan boshimiz chiqmay qoldi. Vay, o‘tlab ketibman, uzr... Hullas avvaliga ukam sariq bilan og‘ridi... Men uni qotirilgan non, kasha va g‘alati pishiriqlar bilan siylashayotganini zimdan kuzatib ichimdan alamim kelardi. Egizak bo‘lgandan keyin shu ahvolda... Shunda yana ichimdan ovoz keldi. Uni yoniga bor va biroz suhbatlash degandek bo‘ldi. Men ham bordim, gaplashdim va behosdan "qani endi men ham sariq kasal bo‘lib qolsam" deb yubordim. Ertasiga esa boshimni ko‘tara olmaydigan darajada dumalab qoldim...  Men ukamni siylashlarini ko‘ribman-u u olgan ukol-dorilardan bexabar qolib ketgan ekanman. Albattada, uni har kuni qayergadir olib borishardi. Men sayrga olib chiqishsa kerak  deb hayol qilar edim. Ming afsuski ichimdagi shaytoncham bu gap ishonchimni oqlamadi. Birinchi kunni o'zidayoq bo‘tqa va qotirilgan nonlar ko'nglimni aynitadigan bo‘lib qoldi. Hatto hozirgacha shu ikkisiga qayrilib qaramayman.
  Bu dardlar to‘rtinchi sinfdagi dard oldida hech narsa emas edi. Kuzning salqin va bahavo kunlarining birida uyimizda dod-voylar eshitildi... ikki kun avval shig‘alab yoqqan yomg'ir sabab yumshab qolgan nam yer beminnatgina sog'lom yurgan onamni o‘z bag‘riga qabul qildi. O‘sha aynan menga kerak bo‘lgan daqiqalarda onam meni tashlab ketdi. Uyimiz faryodlardan ko'chib ketayozdi. Tilim tanglayimga yopishib qolib, tishlarim bir biriga birikib ketgandi... Tovush yaratish uchun barcha kerakli a‘zolarim ishlamasdan faqat ho‘ngrab yig‘lardim. Ana shu onda bu yara va kemtik aslo bilmasligini tushundim. Bu fojia meni shakllanishimda katta burilish bo‘ldi. Ikki erkak orasida yashashni boshladim... Dadam, akam va o‘zim ham ularga o‘xshab borardim. Vaqtlar suvdek oqib o‘tar, men esa Sardor bilan birga ulg'ayib borar edik. O‘n yetti yoshimda dadam ham bizni tark edi. Eng dahshati o‘z xonasida jonsiz ahvolda topib olganim bo‘ldi. Bu holat hamon ko‘z oldimda qotib qolgan. Salgina hayolga berilsam yoki tush ko'rsam doim shu manzarani ko‘raman. Hamma udumlar nihoyasiga yetgach uyimizga buvim keldi... O‘shanda o‘n yetti yarim yoshda edim. Endigina o‘qishlarimni izga qo‘ya boshlagan daqiqamda yana hammasi oyog‘i osmondan bo‘lib ketdi. Buvim kun bo‘yi menga dakki berdi, tinmay baqirdi va hatto haqorat ham qildi. Mendek qizni erkakcha qobiqqa solib qo‘yganlikda dadamni ayblab tinmay nolishni boshladi. Gap yakuni kechga bizni olib ketish bilan nuqtalandi. Aynan mana shu kuzning birinchi oyi, o‘n uchinchi sanasi qalbimda va hayotimda kattagina muhrlanib qoldi. Aynan shu kuni men o‘z olamimdan olib ketilib, g‘alati hayot ostonasidan kirib borgan edim. O‘z shahrimni shovqinli, suronli hayotini ortda qoldirib, qora neksiyada qo'shni viloyatning tog'lar orasida tartibsiz joylashgan kattagina qishlog'iga kelib qoldim. Bu mendek qiz uchun hotima emas edi biroq bu gapni Sardorga qarata ayta olish imkonsiz edi. Uni Internetsiz telefoni titroq turgan qo‘lida tutib, qulog‘ida ovozi mengacha eshitilayotgan musiqa tovushi Sardorning shok holatini chalg'ita olish qudratiga ega emas edi. Men uni yelkasidan yelkam bilan sekin durtdim. U meni ko‘zlariga nafrat va umidsizlik bilan tikildi. Kutilmaganda meni itarib, mashinadan o‘z yuk haltasini iztaza bilan ko‘tarib, och havo rang darvoza tomon alam bilan qadam tashladi. Men ham o‘z sumkamni qo‘limga oldim va darvoza yonda kutib turga buvim tomon qadam bosdim. Yo‘l-yo‘lakay zimdan atrofga termulib, menga g‘alati qarab turgan yo‘lni narigi betida pista chaqib turgan  bir to‘da ayollarni, ularni ortidagi ariq yonidagi ikki kishini va o‘z tarafidagi uylardan biri yonida o‘ttirgan o‘rta yoshli ikkita ayolni ko‘rdim.  Har birini ko‘zlari menda, lablarida esa tinmay qimirlash sezilib turardi. 
- Safira, tez kir... -dedi buvim yo‘lni narigi betida turgan ayollarga ko‘z tashlaganimni  sezib jiddiy ohangda.

Davomi uchun 50ta