Get Mystery Box with random crypto!

Mening hali umidim bor Turfa taqdir yoʻllari | Sevgi hikoyalari ♥️⛓

Mening hali umidim bor

Turfa taqdir yoʻllari

31 - qism

Elif sen yaxshimisan?

Mert yelkangiz....

Men yaxshiman, sendan soʻrayapman

Qornimga urishdi... Qon ketyapti shifoxonaga borishimiz kerak. Bolamizga....

Bolamizga hech narsa qilmaydi Yura olasanmi?

Elif turishga urinib yana yiqildi

Kuchim yoʻq, hamma ogʻriqdan turolmayapman ham.

Mert Elifni oyoq qismiga kostyumini yopib, oyoqlaridagi qonni berkitdida koʻtarib oldi

Mert axir yelkangizdan jarohat olgansiz...

Men yaxshiman...
Amaki bizni pana qilib turing, Elifni ahvoli ogʻir, hoziroq shifoxonaga olib borishim kerak

Mashinani hayday olasanm? Qoʻling yaxshimi?

Men eplayman sizlar bizni pana qilib turing faqat...

Abram Mertni oldidan oʻtib toʻpponchasini qayta o'qlab oldida oʻq uza boshladi. Mert yaralangani uchun qoʻlidagi ogʻriqqa tishini tishiga qoʻyib chidayotgan boʻlsa ham Elifga sezdirmasdi. Uni ustiga Elifni koʻtarib olgan ogʻriqni oʻzingiz tahmin qilavering...
.........

Abram Mertni pana qilish bahonasida mashinasidan avtomatini olayotgan vaqt qoʻlga tushdi. Uni shaxsan Alinani dadasini oʻzi qoʻlga oldi.

Mert mashinani tezda haydab shifoxonaga ketdi.

Elif yaxshimisan?

Ya..xshi...yaxshi..man

Elif xushingni yoʻqotma meni eshit. Hozir shifoxonaga boramiz, doktor senga dorilar beradi bolamiz sogʻ ekanini aytadi havotir olma. Oyoqqa turganingdan keyin bu yerlardan ketamiz. Menga ishon tinch hayot kechiramiz endi.

Mert...

Bola haqida nega menga aytmaganding? Necha oylik?

Bu..gun bildim, shifoxona... shifoxonadan chiqib oldizga ketayotgandim... 7 haftalik deyishdi...

Ota boʻlayotganimni bunaqa holatda bilish qanaqa bilmadimu ammo meni juda xursand qilding. Hali hammasi yaxshi boʻladi oz qoldi. Faqat xushingni yoʻqotma

Mert...men

Eshitman hayotim

Sizni..sevaman....

Men ham seni sevaman juda qattiq. Meni sensiz qoldirma... yolvoraman

..........

Doktor... Doktor.... Yordam bering

Xamshira zambilni olib kelinglar. Nima boʻldi?

Xomilador koʻp qon yoʻqotdi. Doktor bolaga biron narsa qilmaydimi?

Aniq bir nima deyolmayman, bemor sizga kim boʻladi?

Rafiqam

Davomi bor

#Muallif_Shahnoza

@sevgi_hikoyalari_hayotiy