Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik! Birga bordik to oʻzla | SEVGI (𝓞𝓻𝓲𝓰𝓲𝓷𝓪𝓵) 🕊

Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik!
Birga bordik to oʻzlari istaguncha.
Chaqalar ham yaraqlaydi, fursat kelib,
Mis yuzidan tilla suvi oʻchmaguncha!

Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Bab-barobar tashlayverdik qadamlarni.
Ming yil qadar umid bilan izlab-izlab,
To soʻngicha bizga hamroh odamlarni.

Biz hech kimni  yarim yoʻlda...
Bu ne tuxmat?
Oʻzingizku oʻzingizga bitgan hukum.
Siz tomondan gar kelmasa ishq, muxabbat,
Oʻzimizni sevmaymizku sizlar uchun.

Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Taʼnalarning toshboʻroni teshdi tanni!
Bilasizki qozi, hakam, qonuni bor,
Koʻngil deya ataluvchi shu vatanni.

Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik.
Habardormiz qaytar dunyo hikmatidan.
Bu yurakda qoʻrquv degan bir tuygʻu bor,
Huzurida javob bermoq fursatidan!

Shunday ekan dilozorlik bizlarga yot,
Bizni vayron qilsalar ham bildirmadik.
Oʻrnimizga qaror qilar goho hayot,
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik!

Malika Tavfiq


@Sevgi - Sevgiga to'la manzil
SEVGI (𝓞𝓻𝓲𝓰𝓲𝓷𝓪𝓵) 🕊

SEVGI (𝓞𝓻𝓲𝓰𝓲𝓷𝓪𝓵) 🕊

@sevgi
21.26K Obunachilar
Din Toifa
Sevgi haqida eng chiroyli stroieslar 💜 ▪️Creator: