Get Mystery Box with random crypto!

#fikr Alber Kamyudan bir iqtibos keltiraman; Inson doim ki | SERVET PAGE

#fikr

Alber Kamyudan bir iqtibos keltiraman;

Inson doim kimgadir o’xshashni yengishi kerak.

Darhaqiqat, topib aytilgan gap !
Biz ko'pincha kimgadir o'xshashga harakat qilamiz, aniqrog'i buni hayot tarzimizga aylantirib oldik ! Boshqalar nimadir qila boshlasa ergashaverdik. Ammo, ba'zan shunchaki boshqacha bo'lish va atrofdagilardan ajralib turish kerak. Bu sizning aqldan ozganingizni yoki manman ekanligingizni anglatmaydi. Bu sizni "g'ayrioddiy" ekanligingizni anglatadi.

O'ziga xos bo'ling ! O'zingizni qalbakilashtirmang, o'zingizni hayotingizda boshqa birovdek yashamang. Siz boshqalar qilayotgan ishni qilishga majbur emassiz va hamma qilayotgani uchun bajarish "sizni eng yaxshisiga aylantirmaydi". Taqlid qilish ? Yo'q, Hayot bunday emas...

Hayot bu o'zing bo'lishdir !