Get Mystery Box with random crypto!

8-sinf jahon tarixi darsligidagi qanotli so'zlar (ibora, shior | Sertifikat Tarix va Huquq

8-sinf jahon tarixi darsligidagi qanotli so'zlar (ibora, shior va she'rlar)

"Duo o‘qi va ishla!" – Jan Kalvin asos solgan ta'limot shiori;

"Inson – tabiatning ajoyib mo‘jizasi" - Uilyam Shekspir iborasi;

"Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!" - "Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi" mohiyati hisoblangan shior;

"Inson siz o‘ylagandan ko‘ra qadrliroq!" - Jonatan Svift so'zlari;

"Imperiya – bu tinch-totuvlik!" - Fransiyaning 1-prezidenti, 2-imperatori Napoleon III ning iborasi;

"O‘zingizga yer olish uchun ovoz bering!" - A. Linkolnning saylov oldi kampaniyasi shiori;

"Vatan xavf ostida!" - Buyuk fransuz burjua inqilobi davridagi Qonun chiqaruvchi majlisning xalqqa murojaati;

"Xalq, uyg‘on! Payt keldi!" - 1795-yilda Parij atrofida tarqalgan shior;

"Fan va taraqqiyot" - XVIII asr Yevropa ma'rifatparvarlari shiori;

"Inqilobga xizmat qilish - dengizni shudgor qilish bilan barobar!" = Simon Bolivar so'zlari;

"Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo'lmayman!" - Simon Bolivar so'zlari;

"u shunchalar yoqimliki, suratni ko'rib insoniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan..." Jakonda haqida o'sha davr tarixchisining fikri;

"Shu davrdan boshlab,
Yaponiyaga chet ellardan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. O‘lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim" - Yaponiya syoguni Tokugava Ieyasuning farmonidan parcha;

"Kichik bir uchqun shunday yong‘in keltirib chiqarishi mumkinki, uning oqibatlarini, hatto hisobga olib ham bo‘lmaydi" - XIX asr o'rtalaridagi Koreyadagi ichki vaziyat haqida missionerning yashirin xabaridan;


"Men o‘tmishni o‘rganib, o‘zligimga yo‘l topdim,
Nutqim bo‘ldi tartibli, so‘zlarim ko‘p ma’nolik.
Men she’riyatdan tartib, musiqadan zavq topdim,
Rimlik va yunon kabi fransuz bo‘ldi buyuk" - XVI asrda yashagan fransuz shoiri to'rtligi;


"Uzoq hayot yo‘lin o‘tdim-u bosib,
Olam haqiqatin ayladim yakun:
Faqat shu munosib hayot va erkka,
Kim har kun ular-chun kurashga kirsa!" - doktor Faust so'zlari.


•••┄┄┄༻❅༺┄┄┄•••
Biz bilan bilimingizni super tezlikda oshiring!!!

Kanalimiz: @sertifikatlitarix