Get Mystery Box with random crypto!

#befarqemasman Dilnoza Allanazarova, Buxoro tumani ixtisosla | Sergeli AKM

#befarqemasman

Dilnoza Allanazarova, Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori;

— Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat- Yangi O'zbekistonni qurish g'oyasi atrofida butun jamiyatni jipslashtiradi. Yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo'nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo'lida eng muhim huquqiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekistonni ijtimoiy davlat deb belgilanishi, ta'lim va ilm- fanga oid normalarning qariyb 2 barobarga oshirilishi, inklyuziv ta'limning Konstitutsiyaga kiritilishi, o'qituvchilarning qadr- qimmati himoyalanishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qilish mustahkamlanmoqda. Shunday ekan, men barcha yurtdoshlarimizni 30- aprelda bo'lib o'tadigan Referendumda o'z huquq va erkinliklari uchun ovoz berishga chorlayman!

#befarqemasman