Get Mystery Box with random crypto!

Sen kelmading. qor yog‘di. Uzun. qor oralab o‘tdi kun... Kech | Bilmadim

Sen kelmading. qor yog‘di. Uzun.
qor oralab o‘tdi kun... Kecha...
Yuragimda titroq bir tuzum.
Sen kelmading. Sovuq. Jon - ko‘cha.

Sen kelmading. Shamollar uchdi,
qor umrimda izg‘idi maxsus. 
Bor izg‘irin dunyoga tushdi,
Sen kelmading. Sovuq. Ko‘nglim - muz.

Sen kelmading. Uvladi olam.
Bo‘g‘zimga tish botirdi qayg‘u.
Bir tomchi yosh dunyo. Muzlagan.
Sen kelmading. Erimaydi u.

Usmon Azim