Get Mystery Box with random crypto!

Komentda yozilgan negativga qanday munosabat bildirish kerak? | Senior Daler | Internet Marketing

Komentda yozilgan negativga qanday munosabat bildirish kerak?

Tez javob berish kerak

Negativ komentlarga iloji boricha birinchi 2-3soatda javob qaytarish kerak. Ja bo'lmaganda 1 kunda. Agar e'tiborsizlik qilsangiz, bu javobsiz qolgan negativ fikrlar boshqalarni ham zaharlaydi. Natijada, negativ yig'ilib boraveradi.

Negativ turini aniqlang

Spam, sababsiz xaqoratlashlarni komentlardan o'chirib tashlash kerak. Lekin haqiqiy iste'molchilaringiz negativ bildirgan holatlarda ularga javob berish kerak.

Muloyim va barchaning oldida javob qaytaring

Negativ javoblarga negativ bilan emas, muloyimlik bilan, jilmayib javob qaytaring. Haq bo'lsangiz, buni barcha bilsin.

O'zingizni oqlamang, faktlar bilan gapiring

O'zingizni bo'sh so'zlar bilan oqlamang. Har bir gapingiz asosli bo'lsin. Agar xato o'tgan bo'lsa uzr so'rang. "So'rovingizni ko'rib chiqamiz, rahmat" deyish bilan ish bitmaydi. Muammoni oydinlashtirish uchun ko'proq savollar berib, uni xal qilishga harakat qiling.

@seniordaler