Get Mystery Box with random crypto!

'Tipik' oʼzbekning 100 ta soʼzdan iborat hayoti Beshik, yoʼrg | Senior Daler | Internet Marketing

"Tipik" oʼzbekning 100 ta soʼzdan iborat hayoti

Beshik, yoʼrgak, yigʼi, til.
Ilk qadam, pediator.
Buvi, bogʼcha, argʼimchoq.
Xoʼrozqand, qum, oʼyinchoq.

Maktab, baho: uch, toʼrt, besh.
Toʼp, oʼyin, darsdan qochish.
Koʼcha, doʼstlar, tun, sayoq.
Urish, janjal, gips, yotoq.

Repetitor, oliygoh.
"Forma soʼrovchi dargoh"
Yoz, sessiya, "uzatish".
Wikipediya — diplom ish.

Qiz, sevgi, karashma, noz,
Koʼz, yuz, qoʼl, lab, ehtiros.
Qarz, toʼy, mebel, zoʼr artist.
Rossiya, patent, taksist.

Uy, oila.
Uy, ish.
Quyosh — yoz.
Qor — qish.

Oʼgʼil: taglik, beshik toʼy.
Biznes, jazman — pinhon uy.
Dacha, remont, jentra, pul.
Televizor, pult, futbol

Choyxona, mahalla, osh.
Koʼzoynak, oqargan soch.
Masjid, nevara, beshik.
Qon bosimi, dard, toʼshak.

Yurak, buyrak — shifokor.
Janoza, tobut. Mozor...

*aslida bu qolipni oʼzgartirish uchun harakat qilishimiz kerak

@axtamov_daler