Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston respublikasi bosh prokuraturasiga ishga taklif eta | Oliy Majlis Senati 2022🇺🇿

Oʻzbekiston respublikasi bosh prokuraturasiga ishga taklif etadi, biroq Davlatbekni ushbu vaqtga kelib sogʻligi yomonlashganligi sababli ishdan ketishga majbur boʻladi. Davlatbek „Unum“ va „Davlatbek sahovati“ fermer xoʻjaliklarini tuzib, ularga rahbarlik qildi va hamisha davlat buyurtmalarini oshigʻi bilan bajarib bordi[2]. Fermerlik faoliyatida Davlatbek koʻplab qonun buzilish faktlariga duchor boʻldi. Jumladan, qishloq xoʻjaligini islohot qilish maqsadida Andijon tumanidagi jamoa xoʻjaliklarini tugatish jarayoni ketayotganda rahbarlar tomonidan davlat mulki, binolari, qishloq yerlari va agrotexnikalari noqonuniy oʻzlashtirilib, talon-toroj etildi. Qishloq xoʻjaligi islohoti niqobida oddiy qishloq aholisining manfaatlariga qarshi „islohot“ yurgizilayotgan edi. Davlatbek Rahmonov tuman rahbarlarining ushbu jinoyatlariga koʻz yuma olmadi va tegishli idoralarga ushbu xaqda murojaat etdi. Bir qancha nopok rahbarlar vazifasidan ozod etildi. Lekin bir nopok rahbarning oʻrniga yana bir taʼmagir kelardi va eski qingʻir ishlarni davom ettirardi. Chunki jamoa xoʻjaliklar tugatilayotganda, ushbu xoʻjaliklar balansida ota-bobolarimizning begʻaraz mehnati evaziga toʻplangan yuz million soʻmlik mol-mulk bor edi. Bular garajlar, avtotexnikalar, har xil binolar, minglab gektar yer, bogʻlar, shiyponlar, tayyorlov punktlari, har xil tsexlar, omborlar, klublar va boshqa koʻplab shu kabi mol-mulk edi. Shuning uchun baʼzi-bir nopok rahbarlar ushbu davlat va xalq mulkini oʻzining ixtiyoriga oʻtkazib, noqonuniy foydalanishni koʻzlagan edi. Lekin ularning bu jinoiy xatti-harakatlariga hamisha Davlatbek Rahmonov toʻgʻanoq boʻlardi. Ushbu nopok rahbarlar Davlatbekka bir necha marta taxdid solsa ham, u hamisha qonun ustuvor chiqadi, haqiqat yengib chiqadi, deb oʻylardi va oddiy qishloq xalqining manfaatini himoya qilib keldi.
2006 yil 6 martida Davlatbek Rahmonov fojiali ravishda avtohalokatda vafot etadi. Toʻrtta farzandning otasini avtomashinasida katta tezlikda urib yuborgan kimsa, xattoki bir kun ham qamalmadi va qonun oldida javob bermadi[3].