Get Mystery Box with random crypto!

Dengiz uzoq! Men dengizni yoqtirmayman, Dengiz - uzoq! Seni y | Dengizqalbligim...)

Dengiz uzoq!

Men dengizni yoqtirmayman,
Dengiz - uzoq!
Seni yolg'iz qoldirmayman,
Yo'llar - tuzoq!
Faqat dengizga bormaymiz,
Va'da - yolg'on!
Havas qilma dengizga,
U kimdan qolg'on!

U birovning havaslari,
Dengiz - orzu!
Nima kerak?
Shu atrofda ko'llar borku.
Dengiz orzularing sarob,
Naqdi - asal!
Visolingda qilma xarob,
Ko'ngil - kasal!

Tinch qo'y o'sha dengizlarni,
Jinlar ursin!
Dengizlari - dengizchilarga buyursin!
Biz yerdagi odamlarmiz,
Yodda tursin!
Dengizdayin sovuq,
Orzularing qursin!

Shunday ko'lga boramizki,
Dengiz - unut!
Va bir umr qolamizku,
Visol - sukut!
Ko'l bo'yida gulxan yoqib,
Olov - tutun!
Ikki yarim yurak shunda bo'lar butun!

Bor baxt shunda, yurak yonar,
Qalbda titroq!
Dengizni qo'y, dengizlarni,
Dengiz - yiroq!

Dengizni qo'y, dengizlarni,
Dengiz - uzoq!

Xushnudbek Suyunov