Get Mystery Box with random crypto!

«Semurg Sug‘urta» vakillari Toshkentdagi Turkiy agroforumga ta | Semurg Insurance


«Semurg Sug‘urta» vakillari Toshkentdagi Turkiy agroforumga tashrif buyurdi

2022-yil 4-iyul kun Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) qishloq xo‘jaligi vazirlari uchrashuvi hamda TDTga a’zo mamlakatlarning tadbirkorlari uchun B2B uchrashuvlari formatida tashkil etilgan Turkiy agroforum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda asosiy e’tibor agrosanoat majmuida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shu jumladan a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va o‘zaro manfaatli loyihalarga investitsiyalarni safarbar qilishga qaratildi.

Forumning maqsadi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning muhim masalalari bo‘yicha yagona muhokama maydonini yaratishdan iborat.

«Semurg Sug‘urta»dan agrosug‘urta bevosita agrar ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga yo‘naltirilgan, biznesni ishonch bilan yuritish va rivojlantirish uchun zarur moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlari himoyasi, investitsiyalar va bo‘lajak hosil qiymati himoyasi, hamkorlar uchun kafolatlar - aynan shu xatarlarga bizning O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan sug‘urta mahsulotimiz javob beradi va kompaniyamizni sanoat agrobiznesi bozorida strategik hamkorga aylantiradi», dedi «Semurg Sug‘urta» bosh direktorining vazifasini bajaruvchi Raxim Kadirov.