Get Mystery Box with random crypto!

'Semurg Sug‘urta'dan agrosug‘urta Ob-havoning yaxshi-yomoni b | Semurg Insurance

"Semurg Sug‘urta"dan agrosug‘urta

Ob-havoning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi, deyishadi. Lekin qishloq xo‘jaligi bundan mustasno. O‘zbekistonda ob-havo qulay yoki noqulay kelishini aniq bashorat qilib bo‘lmasligi sababli bu soha tavakkalchiligi eng ko‘p tarmoq hisoblanadi.

Ayni paytda bo‘lajak hosil o‘sishi faol bosqichga kirgan va faqatgina "Semurg Sug‘urta" do‘l urishi, kuchli shamol, zararkunandalar, qurg‘oqchilik, irrigatsiya tizimlari ishdan chiqishi kabi tavakkalchiliklarni qoplab beradi.

Ekspertlar joylarga chiqqan holda agrotexnika, himoya va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha maslahatlar beradi.

Turli qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan g‘o‘za va g‘alla kabi muhim ekinlar hosilini sug‘urta qilish mumkin.
Hosilsizlik ro‘y bergan hollarda sug‘urtalanganlarga ziyonni qoplash imkonini beradigan to‘lovlar amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumotni https://semurginsurance.uz/uz/products/agrostrakhovanie/ saytida hamda +998712051155 telefon raqami orqali bilib olish mumkin.