Get Mystery Box with random crypto!

Google toʻsatdan Android 13ning yakuniy versiyasini chiqardi. | ️Secretius

Google toʻsatdan Android 13ning yakuniy versiyasini chiqardi.

U allaqachon Pixel smartfonlarida bor, yil oxirigacha Xiaomi, OnePlus, Samsung, Vivo va boshqa smartfonlarda mavjud boʻladi.

Sentyabr oyida kutilayotgan Android 13 versiyasini Google kechagina ajoyib syurpriz qilib taqdim etdi.

Hozirda Android 13 quyidagi smartfonlar uchun mavjud:

• Pixel 4;
• Pixel 4 XL;
• Pixel 4a;
• Pixel 4a (5G);
• Pixel 5;
• Pixel 5a;
• Pixel 6;
• Pixel 6 Pro;
• Pixel 6a.

Shu yilning oxirigacha Android 13 Asus, iQOO, Motorola, OnePlus, Oppo, Realme, Samsung, Sharp, Sony, Tecno, Vivo va Xiaomi uchun chiqariladi.

Afsuski, Google aniq model nomlarini koʻrsatib oʻtmadi, lekin ular Android ochiq beta sinov dasturida ishtirok etgan va flagman smartfonlar boʻlishi aniq.

Tegishli post:
https://t.me/Secretius/5090

#android #google

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.