Get Mystery Box with random crypto!

​Smartfon oʻyin vaqtida nega qotadi? 1. Internet. Agar siz on | ️Secretius

​Smartfon oʻyin vaqtida nega qotadi?

1. Internet. Agar siz onlayn oʻyin oʻynayotgan boʻlsangiz, avval internetni yaxshilang. Wi-figa ulanib oʻynaganda yaxshi ishlasa, demak muammo sim-kartada.

2. RAM. Har qanday smartfon unda SD 888 chipi boʻlsa ham, 8Gb RAM xotirasi boʻlsa ham muammo boʻlishi mumkin. Ishlamayotgan, fonda RAMni "yeyayotgan" ilovalarni oʻchirish kerak.

3. Kesh. Kesh bu ilovalarning intenetdan yuklagan maʼlumotlari. Ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish kerak. Smartfon normal ishlashi uchun 20% boʻsh joy boʻlishi shart.

4. Energiya tejash. Oʻyin vaqtida energiya tejash rejimini oʻchirish kerak.

Yana tizim yangilanishlarini tekshirish kerak, xatoliklar tizimda boʻlsa yangilanish buni yechimi.

Agar yuqoridagilarning hech qaysisi yordam bermasa, smartfonni xizmat koʻrsatish markaziga/mutahasisga olib boring(Oʻzbekistonda Samsungniki bor bilishimcha).

Kompyuter nega qotadi?

#nega #smartfon #game

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.