Get Mystery Box with random crypto!

​Internet sekin, nima qilish kerak? Internet yaxshi ishlamasl | ️Secretius

​Internet sekin, nima qilish kerak?

Internet yaxshi ishlamasligi Oʻzbekistondagi azaliy muammo, koʻpchilik uyali aloqa operatorini soʻkadi buni orqasidan. Lekin har doim ham ular aybdor emas.

1. Brauzer keshi. Biror sayt yoki sahifani sekin yuklanishi brauzer keshi toʻlib ketganini bildiradi.

2. Yangilanishlar. Ilova yangilanishlarini avtomatik qilmaslik. Kerakli ilovalarnigina, yangilanishdagi xususiyatlar yoqsagina yangilash kerak.

3. Uyali aloqa stansiyalari 5dan 35km masofagacha signal tarqata oladi. Olis burchaklardagi aholi turar joylaridan stansiya qurish operator uchun foyda keltirmaydi.
Yana qalin devorli joy, podval joylarda signal yaxshi boʻlmaydi. Baʼzida hatto 4G ishlamasligi mumkin, shunda 3G rejimiga qoʻyish muammoni hal qiladi

4. Wi-fi yaxshi ishlamasligi:

Tizim yangilanishlarini yuklab olinishi; Katta fayl va torrentdan yuklash; Viruslar - siz hech qaysi internet isteʼmol qiluvchi narsani ishlatmayapsiz, lekin trafik ketyapti; koʻp odam ulanishi; texnik nosozliklar; puli toʻlanmagani

5. Samalyot rejimi aloqa modulini qayta ishga tushirishga yordam beradi, aloqa sifatsizlashganda yoki umuman yoʻqolganda rejimni 20-30soniyaga yoqib, keyin oʻchiring.

6. Mobil operator qamrov zonasi.
Siz yangi sim-karta oldingiz yoki boshqa joyga koʻchdingiz, shunda sizda umuman hech narsa ishlamay qoldi(sim-karta bilan bogʻliq). Operator qamrov zonasida emassiz, yaʼni sizga signalllar yetib kelmaydi. Boshqa operatorni tanlash kerak.

7. Trafik. Mobil trafik tugab qolishini sezmasligingiz, kompaniya ogohlantiruv xabarini olmasligingiz yoki koʻrmay qolishingiz mumkin. Vaqti vaqti bilan tekshirib turing

#nega #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.