Get Mystery Box with random crypto!

​Micro SD va USB flash xotira 2000-yillarning boshlarida chiq | ️Secretius

Micro SD va USB flash xotira

2000-yillarning boshlarida chiqqan SD-karta ko'plab turdagi qurilmalar uchun, masalan, smartfonlar uchun juda kattalik qildi.

2005-yilda microSD karta SD kartaning oltidan bir kattaligida ishlab chiqarildi.

Micro SD karta - bu kichik koʻchma elektronikalarda ishlatiladigan SD-kartaning kichik nusxasi. Adapter yordamida microSD kartani har qanday SD-karta portga kiritish va odatdagidek ishlatish mumkin.

USB Flesh

1980-yil Toshiba kompaniyasida ishlaydigan Fujio Masuoka flesh xotirani ixtiro qildi.

Toshiba ma'lumotlariga ko'ra,
"flesh" nomini doktor Masuokaning hamkasbi Shoji Ariizumi taklif qilgan, chunki xotira tarkibini yo'q qilish jarayoni unga kameraning chaqnashini eslatgan.

Fleshli diskning dastlabki sig'imi 8 MB ni tashkil etgan. Dastlab flesh-disklarni Singapurdagi Trek 2000 International kompaniyasi 2000 yillar boshida sotishni boshlagan.

#bilganyaxshi

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.