Get Mystery Box with random crypto!

​Texnik qurilmalar va biz Madaniyat qani? Jamoat joylari yoki | ️Secretius

Texnik qurilmalar va biz
Madaniyat qani?


Jamoat joylari yoki odamlar davrasi(biror yigʻin) va ijtimoiy tarmoqlar

Bizning yordamchimiz bizga va atrofdagilarga noqulaylik tugʻdirishi mumkin. Oʻzingizni hurmat qilsangiz, boshqalarni ham hurmat qila olasiz.

1. Stol atrofida(dasturxonda) oʻtirganda, smartfonni stol ustiga qoʻymaslik kerak.

2. Agar qoʻngʻiroq boʻlsa, band ekanligingizni, keyinroq qoʻngʻiroq qilishingiz va kerak boʻlsa tushuntirishingizni aytib, qoʻngʻiroq qilgan odamdan ham yoningizdagilardan ham uzr soʻrab qoʻying.

3. Kimdir qoʻngʻiroq qilib olishini soʻrasa, imkoniyatingiz boʻlsa berishingiz kerak.

4. Stol atrofida smartfonni "titib" oʻtirish, smslarga javob berish hurmatsizlik, yigʻin tugashini kutganingiz maʼqul, muhim boʻlmasa.

5. Oʻtirvolib, biror tarmoqdagi kulguli videoni yoningizdagiga koʻrsatish norm holat emas, sizga yoqqan narsa unga yoqmasligi mumkin (yoqmagan boʻlsa ham, majburlikdan kuladi menga oʻxshab)

6. Quloqchinlar(simsiz, simli naushniklar)
Siz qanchalik muhim shaxs boʻlmang, yigʻinda bu mumkin emas.
- - - - -
Ijtimoiy tarmoqlar

1. Hayotda shaxsiy chegara degan narsa bor, realda ham virtualda ham bu chegarani buzmaslik kerak.

2. Juma ayyomi bilan tabriklash norm, lekin biroz ensa qotiradigan holat. Menga har juma 10dan oshiq odamdan juma tabrigi keladi, qizigʻi yozishgandan tabriklar koʻp))

3. Guruh yoki shaxsiyda biror narsa soʻradingiz, savol berdingiz yoʻq va bilmayman deyishsa, qayta qayta soʻrash odobsizlik.

P.s Postga fikringiz va oʻzingizning tavsiyalaringizni pastda qoldiring

Tegishli post
https://t.me/Secretius/4833

#bizvatexnika

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.