Get Mystery Box with random crypto!

2090-yil. Oʻzbekiston. Toshkent. Yerlarda hech nima yoʻq. Hamm | ️Secretius

2090-yil. Oʻzbekiston. Toshkent.
Yerlarda hech nima yoʻq. Hamma yer qum, hamma yer. 20-30-yillardagi "davlatni kemirish operatsiyasi" muvaffaqiyatli amalga oshgan. Endi bu yerlarda hech kim yashamaydi. Hech kim!
2029-yil qurib bitkazilgan AESdagi (atom elektr stansiyasi) halokatli portlash, shundoq ham ilinib turgan jonni yer bilan bitta qildi. Tibet muzliklarining shiddat bilan erishi natijasida daryo suvi toshib shaxar va qishloqlarni bosib qolgan edi. Bu yerda faqat men qoldim. MEN. Mask bilan koʻpchilik Marsga ketishdi, lekin ularning yarmi halok boʻlishdi(nomaʼlum sabablarga koʻra). Ularning ichida Oʻzbekistonlik birorta amaldor yoʻq edi. Chunki Mask ular Oʻzbekistonda nimalar qilishganini bilar ekan. Ularni olib ketmadi. Qancha pul-u, oltin berishsa ham. Yerda ham uzoq yashashmadi. Ha intiqom. Dilim yayraydi, shu voqealarni eslasam, ular itday xor boʻlib oʻlishdi. Jasadlari koʻmilmadi ham, chiyaboʻri, oʻlaksaxoʻr qush va kalamushlarga yem boʻlishdi.

Hali yozilmagan kitobimdan parcha

Obuna boʻlish