Get Mystery Box with random crypto!

Sizgadir yurakda asragan so'zim, Тo mangu ta'zimda turaman o'z | 28-Maktab🎓🇺🇿 | Uyda qoling 😷



Sizgadir yurakda asragan so'zim,
Тo mangu ta'zimda turaman o'zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

G'am ko'rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko'ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo'llarimda dildosh, deb bildim,
Yo'limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo'llarida yo'ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Barcha Ustozlarga Yuboramiz


@schoolnumber28