Get Mystery Box with random crypto!

​Andijonda Tenge Bank ATBning yangi filiali ochildi 2023-yil | The Delusional

Andijonda Tenge Bank ATBning yangi filiali ochildi

2023-yil 5-may kuni Andijon shahrida Tenge Bank ofisining yangi BXM formatidagi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shahar markazida joylashgan shinam, keng va qulay ofis Andijon shahri, Istiqlol koʻchasi, 34-uy manzilida joylashgan.

Tadbirda Tenge Bank ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Tavakkalov, Andijon shahri hokimi Gʻofurjon Abdurahmonov, Markaziy bankning Andijon viloyati boʻyicha Bosh boshqarmasi boshligʻi Oybek Isoqov, yakka tartibdagi tadbirkorlar, Andijon shahri aholisi hamda korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Mehmonlar oldida soʻzga chiqqan Ulugʻbek Tavakkalov yigʻilganlarni ushbu muhim voqea bilan tabrikladi va ofisning yangi formatda ochilishiga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Andijon hokimi Gʻofurjon Abdurahmonov, oʻz navbatida, andijonliklarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishda Tenge Bankning oʻrni borligini, Markaziy bankning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Oybek Isoqov esa xorijiy bank tajribasi yuksaltirishga xizmat qilishini taʼkidladi. Banklarda mijozlarga xizmat koʻrsatishning umumiy darajasi yangi bosqichga koʻtarildi. Uchala yetakchi birgalikda anʼanaviy qizil lentani kesishdi.

Avvalroq 2021-yilda Tenge Bank Andijonda BXM (minibank) formatida chakana xizmatlar koʻrsatuvchi filialini ochgan edi. Andijonliklar bankning mahsulot va xizmatlari, jumladan, avtokreditlar va bankomatlarda kartochkalarni bir zumda emissiya qilish imkoniyatlarini yuqori baholadilar.

Yangi filial universal boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatadi.
Tenge Bankda hisob ochish istagini bildirgan barcha yangi biznes mijozlarga uch oylik bepul xizmat koʻrsatiladi, avtokredit oluvchilarga esa 300 000 soʻm qoldigʻiga ega Mastercard kartasi taqdim etiladi.

Tadbir davomida “Toʻlov xizmati” (“Золотая Корона”) RNK bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Baxtli transfer” aksiyasi yakunlari sarhisob qilindi. Shuningdek, jonli efirda maishiy texnika xarid qilish uchun 5 million soʻmlik 10 dona sovgʻa sertifikati ham oʻynaldi.