Get Mystery Box with random crypto!

'Asakabank' bozor talabi va takliflaridan kelib chiqib, qulay | The Delusional

"Asakabank" bozor talabi va takliflaridan kelib chiqib, qulay shartlarda avtokredit ajratayotgan bankdir!

Joriy yilning 25-aprel kuni "Asakabank"da soat 19:00 da yangilangan shartlardagi Avtokredit hamda Mikroqarz bank mahsulotlarining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Taqdimotda chet el hamda O'zbekistonda ishlab chiqarilgan, eng so'nggi rusumdagi avtomobillar olib kelinib, mehmonlarga ular haqida ham batafsil ma'lumot berildi.

Asakabank Chakana biznes departamenti direktori Bekzod Tangmatovning ma'lum qilishicha, endilikda, Asakabank rasmiy daromadga ega hamda ega bo'lmagan fuqarolar uchun bor yo'g'i 10% boshlang'ich to'lov bilan 5 yilgacha bo'lgan muddatga birlamchi bozor uchun avtokredit ajratadi. Avtokreditning yana bir qulay shartlaridan biri shuki, endi nafaqat O'zbekiston, balki chet elda ishlab chiqarilib, O'zbekistonga import qilingan avto va moto transport vositalarini sotib olish uchun ham Asakabankdan kredit rasmiylashtirib olish mumkin.

Avtokredit shartlari haqida batafsil ma'lumot

Foizi—21% dan boshlanadi
Muddati—60 oygacha
Boshlangʻich toʻlov—10% dan boshlanadi
Batafsil ma'lumot

Rasmiy daromadga ega boʻlmagan fuqarolar uchun:
Boshlangʻich toʻlov 10 foizdan 30 foizgacha shakillantirilganda kredit qaytmaslik xatari sugʻurta polisi rasmiylashtiriladi.

Boshlangʻich toʻlov 30 foiz shakillantirilganda kredit qaytmaslik xatari sugʻurta polisi talab etilmaydi.

Rasmiy daromadga ega fuqarolar uchun:
Agarda, boshlangʻich toʻlov 10 foizdan 30 foizgacha shakillantirilganda sotib olinayotgan avtotransport garovi hamda uchinchi shaxs kafilligi qabul qilinadi.

Agarda, boshlangʻich toʻlov 30 foiz shakillantirilganda kafil talab etilmaydi. Sotib olinayotgan avtotransport garoviga qabul qilinadi.

Telegram|Live|Кредитлар|Омонатлар|