Get Mystery Box with random crypto!

 Rossiyadan pul o‘tkazmalarini bir zumda qabul qilish mumkinli | The Delusional

 Rossiyadan pul o‘tkazmalarini bir zumda qabul qilish mumkinligini bilasizmi?

Aksariyat yurtdoshlarimiz chet eldan pul o'tkazmalarini an'anaviy shaklda, bevosita bank ofislarida oladilar. 
Lekin ko'plab pul o'tkazmalarini, xususan Rossiyadan jo'natiladigan pul mablag'larini onlayn tarzda bir zumda Xalq banki kartalariga o'tkazish imkoniyati mavjud.

Afzalliklari:
bankka borishingizga hojat yo‘q;
navbat kutib vaqt yo‘qotmaysiz;
pul o‘tkazmalari bir zumda bank kartangizga tushadi.

Buning uchun pul yuboruvchining smartfonida maxsus mobil ilova o‘rnatilgan, pul qabul qiluvchining bank kartasi esa "SMS-xabarnoma" xizmatiga ulangan bo‘lishi lozim.

Pul mablag‘lari qabul qiluvchining telefon raqamiga biriktirilgan Xalq bankining Humo yoki Uzcard bank kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

————
1106 +998 71 210-20-02
 @xbcallsupport