Get Mystery Box with random crypto!

Yevropa parlamentida oʻzbekiston kabi dictatorlik tuzimi saql | Туркистон Иттифок харакати канали

Yevropa parlamentida oʻzbekiston kabi dictatorlik tuzimi saqlanib qolayotgan davlatlarda jinoiy yul bilan toplangan yoxud ò‘girlangan mablagʻlarni egalari bilan moliyaviy tranzaksiyalarni amalga oshirilayotgan yevropa banklari pul yuvish va omonatga olish operatsiyalarini toʻxtatishlari va bu kabi mablagʻlar haqida kechiktirmay tegishli joyga axborot berishlari lozim deb oʻylayman. bu yoʻlda bank siri haqidagi qonun ularni himoya qila olmasligini kelgusida inkor qilib bolmaydigan yangi qonuniy mexanizmlar bilan tushuntirish zarur. O‘zim oʻtmishda bank sohasida ishlaganligim sababli bank siri to‘grisidagi qonuni yaxshi bilaman. ammo shuni taʼkidlab oʻtish kerakki bu qonun bu banklarga rivojlanayotgan davlatlarda umarilgan mablaglarni qabul qilishni oqlay olmaydi. Katta miqdordagi mablagʻlarni yevropa banklarida muzlatilishi bu mablagʻlarni haqiqiy egalarida yevropaga nisbatan garaz uygʻotayotganini alohida taʼkidlab oʻtgan bolardim.
Oʻzbekiston respublikasi misolida sobiq Islom Karimov va uning oilasiga tegishli mablagʻlar yevropa banklarida bugun muzlatilgan. Bugungi kunda Shavkat Mirziyoyev va oilasi mablagʻlarini yevropani qaysi bankida aniqlanishini kutib turibmuz.
Rivojlanayotgan davlatlar aholisi va jumladan men ham yevropaga haqiqat va ozodlik timsoli deb qaraymiz. Yevropa parlamenti chiqarayotgan bir qaror va takliflarni sinchkovlik bilan kuzatib boramiz. Kezi kelsa shuni aytib oʻtish lozimki har bir yevroparlament deputatidan aftaritar tuzim hukm surayotgan davlatlar aholisiga keng qamrovli kumak berishlarini orzu qilamiz. O‘z parlamentiga ishonchi qolmagan orta-osiyo davlatlari fuqarolari shuni unutmang-ki yevroparlament deputatlariga muddatlari kabi qarashadi va umid qilishdi.
Ushbu xatni mazmuni tushunarli bulishligi uchun gap aynan bir davlat haqida emasligi, balki barcha diktator davlatlar nazarda tutilganini aytmoqchiman.
Hukumat bolsada, qonun bolsada, hamma narsa belgilab qoʻyilgan bolsada negadir oddiy aholini tumush darajasi yaxshi tomonga ozgarmasa.
Jamiyatda faqat hukumat va u bilan bogliq shaxslar boylik toʻplay olishsa.
Jamiyatda faqat hukumat rahbarlari farzandlari uchun qulayliklar yaratilgan bolsa.
Va bu jamiyatda shu kabi korrupsion holatlarni bartaraf etish uchun xuddi shu hukumat hodimlari maasul bolsa.
Tashqaridan qarasang: bayrogʻi bor, davlat timsoli bor, konstitutsiyasi bor, prezidenti va vazirlari o‘z xalqaga jonkuyar ammo amalda shu xalqlar oxirgi 30 yildirki turmush darajasi deyarlik yaxshi tomonga oʻzgargani yoʻq. Yevropa deputatlari bu kabi davlatlarga tashrif buyurishsa ushbu davlat hukumati hamma joyda muammo yoʻqdek qilib koʻrsatishga harakat qilishadi.
Sobiq USSR respublikalarini deyarlik barchasi bugungi kunda rossiya hukumati rahbarining bosimi ostida faoliyat koʻrsatmoqda, bu mustaqil respublikalar uchun kulguli holat.
Hech kimga sir emas-ki, Rossiyada Vladimir Putin atrofida korrupsiyon sxemalar orqali oʻzlashtirilgan mablagʻlar evaziga paydo bolgan aligarxlar bugun yevropa tizimini izdan chiqarish yoʻlida haykerlari, aygoqchilari va va bir qancha yevropa faollarini katta mablagʻlar evaziga sotib olib o‘z yoʻllarida foydalanishga urinishlar sodir etmoqda.
Potanin.
Lisin.
Mihelson.
Mardashow.
Alekperov.
Timchenko.
Fridman.
Melnichenko.
Deripasko.
Abramovich.
Prohorov.
Rotenberg.
Kovalchuk.
Tinkoff.
Usmanov.
Mahmudov.
Shodiev.
Oxirgi uch nafari ozbekiston sobiq fuqarolari hisoblanib rossiyada talon-taroj qiladigan ob‘ektlar qolmaganligi sababli endi ozbekiston resurslariga kirib kela boshladilar.