Get Mystery Box with random crypto!

Sayyod kundaligi ®

Telegram kanalining logotibi sayyod_kundalik_ijod — Sayyod kundaligi ® S
Telegram kanalining logotibi sayyod_kundalik_ijod — Sayyod kundaligi ®
Kanal manzili: @sayyod_kundalik_ijod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

📌Respublika nashrlarida ijod namunalari chop etiladi
📌"Yosh Kitobxon" Respublika tanlovi faol ishtirokchisi.
📌Bir qator Respublika tanlovlari sovrindori.
📌 Parkent tumanidagi Prezident maktabi oʻquvchisi
Murojaat uchun:
@Sayyod_dil_iz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-06 19:48:12 #Buyurtma_sher
#Xorazm_viloyati
#Ğiyosbek_Karimovga

Dadamsiz

Oʻzi yemay, bizga yedirgan,
Ohor kiymay, bizga kiydirgan.
Sevinchdan yasharib, bizni suydirgan,
Quvonchdan hapqirib, qoʻylar soʻydirgan.
Yomon kunda yonimda siz madadsiz,
Dunyolarga alishmagan dadamsiz.


Oliygohga kirishim orziqib kutgan,
Meni deb qancha dard alamni yutgan,
Chin doʻstni koʻrmadim otamdan boʻlak,
Boshqasi pul uchun, yor uchun sotgan.
Yomon kunda yonimda siz madadsiz,
Panohim, boshimda tojim dadamsiz.


Minnatli choydan qildingiz hazar,
Halol rizq terib, boqdingiz bizni.
Bugun bir oʻtmishga solingda nazar,
Nahot qutlamadik, ayyomla sizni.
Yomon kunda yonimda siz madadsiz,
Ollohim asragan inson dadamsiz.


Talabalik baxtidan sarmastman bugun,
Dehqon farzandiman, chin habibisiz.
Qalbizda zarracha yoʻq, hasad tugun,
Shirinsoʻz, qalbimiz chin tabibisiz.
Yomon kunda yonimda siz madadsiz,
Qiblagoh, Makkayu Kaʼbam dadamsiz.


Istagim onamla baxtiyor yuring,
Farzandiz davrida davronlar suring.
Duoga qoʻl ochib Hajlarga boring,
Farzandiz keltirilgan rahmatdan kuling.
Yomon kunda yonimda siz madadsiz,
Mehri ummon, qalbi daryo dadamsiz.


Ilhomjon Abdusalomov (Sayyad)
25.06.2022-yil.




Muallif sheʼrlari Intellektual mulk agentligi tomonidan himoyalangan.
26 viewsedited  16:48
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:14:11 Toshkent viloyati prokurori Salom Isamatovich Samadov bilan boʻlib oʻtgan "Toshkent viloyati prokurori va yoshlar ushrashuvi" aʼlo darajada oʻtdi.

Eng qiziqarlisi, unda bizni ham taqdirlashdi.
Parkent tumani boʻyicha :
Feruza Toshkenboyeva (Parkent tumanida eng faol yosh ijodkor)
Ilhomjon Abdusalomov (Parkent tumanida eng isteʼdodli yosh ijodkor)

nominatsiyalari bilan taqdirlandik..

"Oʻzbekiston 24" telekanaliga bergan intervyu ham yaxshi chiqibdi.

Oʻzingiz baho berarsiz!!

P.s: Eng muhimi, yoshlar doimo qoʻllab quvvatlanib kelayotgan tumanda, tashabbuskor yosh sifatida eʼtirof etilganimizga, yonimizda ajoyib yetakchimiz borligiga, jonajon ustozlarim mehnatiga tahsinlar, ming shukur!!!


Yosh ijodkor Ilhomjon Abdusalomov kanali
https://t.me/sayyod_kundalik_ijod
25 viewsedited  16:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:04:11
Янгиликлар 24 | «Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!» шиори остидаги ёшлар фестивали
#30june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
18 views16:04
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:28:13
21 views16:28
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:27:36
19 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:27:17 Qalbdan dastxat

Qalbimda mavj urar tuygʻu ummoni,
Ummonlar qaʼriga singib ketguchi...
Koʻngil bilan yolgʻiz qolganda aytib,
Biridan kechguchi, birga qaytguchi.

Odam niqobidan charchab, horasan,
Dunyo mezbonligin eslab qolasan.
Oxirat haqida oʻylab qolasan,
Dunyolarga sigʻmay, tanho qolasan.


Insonlar boʻlmasa, yoʻldosh-u tirgak,
Ne uchun dunyodan bezishing kerak?
Qalbingni toʻrida urmoqda yurak,
Aslida Allah uchun yashamoq kerak.

Aytadi: "Doʻstingman, orqangdan xanjar,
Urishga har doim tayyor boʻlaman.
Qulaysan bir kun, hamisha albat,
Yiqilsang, oʻkinma oʻzim turaman".

Xato qilsang bir umr xoʻrlab keladi,
Tuproqdek yanchiydi, toptab keladi.
"Nimalar boʻlmoqda hayotda?" deysan,
Eng avval dushmanmas, doʻsting kuladi.

Qalbingni Allohga baxshida etgin,
Ezgulik yogʻdusi yashnar dilingda.
Har neni oʻylama, Allohdan degin,
Shukrona-yu hamd boʻlar tilingda.



Ilhomjon Abdusalomov(Sayyod)
01.07.2022 22:35
18 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:27:17 Nega noshukurmiz?!

Turmush tashvishidan horib ketganda,
Qiynalib ketganday tutamiz oʻzni.
Hayotdan toʻyib ketganday goho,
Kattaroq ochmaymiz bu qaro koʻzni.

Oʻqish, ishdan chopqillab uyga kelamiz,
Tushlik uchun noz neʼmat yeymizku, alhol.
Dunyoning bir chetida odam oʻlmoqda,
Ochlikdan oʻlmoqda, majolsiz, behol.

Yana bir yurtdachi tengdoshimiz och,
Yana baʼzi biri bevatan, daydi.
Boshqa biri esa tinch uyqu istab,
Zaxda yotar, qabrda yotgandek xuddi.

Maktab neligini bilmaydi koʻplar,
Shoh shabba ichiga kirib oʻqiydi.
Portlashlar vaqtida goʻdaklar oʻlar,
Baxtli kun haqida ertak toʻqiydi.

Ona farzandiga alla aytmoqda:
Ikki koʻzi osmonda, tushmasin bomba.
Biz esa xotirjam uxlaymiz shu payt,
Dunyodan bexabar yotamiz, tavba!

Yana baʼzi yurtda ayol xor-u zor,
Baholanar quldek, arzon va qimmat.
Erkaklaridachi zarracha yoʻq or,
Oʻylaydi: "Ayol-qul, qiladi - xizmat".

Tashqariga chiqishni istamaydilar,
"Urushdan charchadik, biz toʻydik"-deydi.
Koʻchada jasadin yaksonlab ketar,
Qolganin qumursqa, oʻlaksa yeydi.

Aql oʻrgatishdan yiroq maqsadim,
Mushohada qiling qisqa muddatga.
Shu kun, shu on, lahzadan boshlab,
Shukrona aytaylik har bir fursatga.

Ilhomjon Abdusalomov,
44-maktab oʻquvchisi.
12 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:27:17
Газетани электрон тарзда ўқиш учун ушбу ҳаволани босинг!

"Паркент тонги" газетасининг 2022 йил 26 май 18-сонида ўқинг:


"Сўнгги қўнғироқ"нинг ҳаяжонли жаранги

Маҳалла раислари деярли ўзгармоқда

Инсонни қадрлаш энг олий саодат

Спорт-соғлик гарови

Муаммолар нега вақтида ҳал бўлмаяпти?

"Унутмас менинг боғим"

Гиппократ қасамига садоқат

Муборак ёш бўсағасида

Паркент "Яшил макон" лойиҳасида етакчилар сафида

Шунингдек, газетамиз саҳифаларида туманимиз ижтимоий ҳаётидаги янгиликлар, шифокорларнинг маслаҳатлари, Усмон Носир шеърияти ҳамда мактаблардаги ижодкорларнинг шеър ва ҳикояларини ўқийсиз.

Мароқли мутолаа тилаймиз!

Бизни телеграм каналимизда кузатиб боринг!

@PARKENT_TONGI
9 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:27:17 Ota

Koʻrdim, oralabdi sochingizga oq,
Afsus, ketayapti koʻzingizdan nur.
Hayotning bu qattiq sinovlaridan,
Otajon, men sizdan soʻrayman uzr.

Buyuk bir timsoldir dilbandlariga,
Jon kuydirib, yashadi farzandlariga.
Ular uchun aytajak, soʻzlar jismimda,
Yosh boʻlib toʻkilar, koʻzdan tilimga.

Otajon, men uchun qahramonim siz,
Dillarni yashnatgan xush tilagimsiz.
Munosib farzandiz bo'loldimmi men,
Dunyolar kerakmas, sen keragimsiz.

Hali, tonglar otar, oppoq orzular,
Ijobat boʻlganda yonimda boʻling.
Men otamga raxmat aytganda,
Farzandingiz keltirgan, raxmatdan kuling.

Soʻzlarni aytdimmi, aytolmadimmi,
Qalbimning qatida dil xumorimsiz.
Men balolardan asrab kelgan togʻ,
Jonimiz jismida baxt tumorimsiz .


Ilhomjon Abdusalomov
@Sayyad_dil_izha
7 views16:27
Ochish/sharhlash