Get Mystery Box with random crypto!

#Xayrlashuv Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh! | Саййид Шамсиддин

#Xayrlashuv

Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh!
Hamma qadrdon obunachilar omonmisizlar? Kanal oxirgi vaqtlarda ancha sustlashdi, oldigidek sizlarga manfaatli postlar joylay olmayabman buni hamma ham bilib turibdi . Shu va boshqa sabablar bilan kanal faoliyatini to’xtatishni qaror qildim. Qiyomat soatida o’z umrimning vaqtini qanday o’tqazganimga javob berolmayman, sizning vaqtingizni olganimga qanday javob beraman. Sahifa egasini to’g’ri tushunasizlar deb o’ylayman. Keyin o’qishlarimiz ham bor .. Ular ham qolib ketyabdi. In shaa Alloh bir kun qaytish bo’ladi. Sahifada qolsalaringiz ham mayli ketsangiz ham mayli. Bizni izlagan topadi, topgan sevadi, sevganlarga biz ham oshiqmiz deganlaridek vaqti kelib izlab kelsangiz biz sizlarni qabul qilaveramiz . Sahifadan biror manfaat olgan bo’lsangiz Alloh taoloning rahmatidan deb biling, aksincha xato va nuqson ko’rgan bo’lsangiz bu albatta sayyid shamsiddin (gunohkor banda) dan deb biling.. Bizni ham duolarda eslab o’tasiz degan umiddaman. Ketqazgan vaqtlaringa rozi bo’lasizlar aziz obunachilar..

Ibn Javziy rohimahulloh degandilar: “Agar meni jannatda oralaringda topmasanglar, men haqimda: ”Ey Parvardigor, falonchi bandang bizga Seni eslatardi“, deb soʻranglar”.
Soʻng rahmatli yigʻlab yubordilar..
---
Meni ham shunday eslanglar, garchi loyiq boʻlmasa-da...


Bu ketishning in shaa Alloh albatta qaytish bo’ladi.. Qachon va qay vaqt lekin noma’lum. Hammaga rahmat Alloh rozi bolsin!
Biz bilan o’tqazgan vaqtlaringa rozi bo’lsizlar ..!
Yozadigan gaplarim ko’p edi muxim gaplar aytildi mayli..
Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh..!