Get Mystery Box with random crypto!

Achchiq haqiqatlar — 10000 so‘mlik pulni ehson qilsak rosa k | Rosululloh ﷺ Hayotlari🌙

Achchiq haqiqatlar

— 10000 so‘mlik pulni ehson qilsak rosa ko‘pga o‘xshaydiyu, bozorda juda kamdek tuyuladi.

— 1 soatlik Allohning zikri juda uzoq cho‘zilganga o‘xshaydiyu, televizor oldidagi 1 soat sezilmay o‘tib ketadi;

— Duo qilayotganda kerakli so‘zlarni topolmay qiynalamizu, og‘ayni-ulfatlar bilan gaplashganda so‘zga chechan bo‘pketamiz;

— Futbolda qo‘shimcha vaqt kamroq berilsa, jahlimiz chiqadiyu, Juma xutbasi ozgina cho‘zilsa, shikoyat qilamiz;

— Qur’onning bir porasini o‘qish rosa qiyin bo‘ladiyu, birorta romanning 100 betini bir pasda o‘qib chiqamiz;

— Konsert zallarida odamlar birinchi qatorlardan joy olishga urinishadiyu, masjidda oxirgi safga qochishadi;

— Qur’onning bir oyatini yodlash rosa mushkul bo‘ladiyu, bekorchi mish-mishlarni oqizmay-tomizmay tarqatib yuramiz;

— Oldi-qochdi gazetalarda yozilgan narsalarga ishonamizda, Allohning kalomi oyatlariga ishonishimiz qiyin kechadi;

— Ko‘pchilik hech nima qilmay, hech narsaga ishonmay, Jannatga kirish istagida bo‘ladi;


Allohumma solli ala
@Sayyidina_Muhammad