Get Mystery Box with random crypto!

RO‘ZADORLARGA HUSHXABAR! #Ҳадислар • (Jobir ibn Abdulloh rozi | Rosululloh ﷺ Hayotlari🌙

RO‘ZADORLARGA HUSHXABAR!

#Ҳадислар
• (Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi)

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
«Ramazon oyida mening ummatimga mendan avvalgi payg‘ambarlarga berilmagan 5 narsa berildi:

1: Ramazon oyining avvalgi kechasi Alloh ularga (rahmat) nazari bilan boqadi, kimga Alloh rahmat nazari bilan boqsa, uni hech ham azoblamaydi.

2: Ularning og‘zidagi hid Alloh huzurida miskning hididan ham xushbo‘yroq bo‘ladi.

3: Farishtalar ularning haqlariga tunu kun istig‘for aytadilar.

4: Alloh azza va jalla jannatiga: «Bandalarim uchun tayyorlangin va bezangin. Ulardan tezda dunyo qiyinchiliklari, tashvishlari ketib, Mening jannatim va ziyofatimga keladilar», deydi.

5: Ramazonning oxirgi kechasi bo‘lganda, ularning barchasini Alloh mag‘firat qilib yuboradi», degan edilar, (atrofdagilar): «Ey Allohning Rasuli, u Qadr kechasimi?» deyishdi. Shunda u zot: «Yo‘q! Agar ishchilar ishlarini tugatsalar, haqlari to‘liq qilib beriladimi?!»
(Ya’ni bu mukofot ular ro‘zani to‘liq tutganlari uchun beriladi, Qadr kechasining savobi alohida beriladi).


Allohumma solli ala @Sayyidina_Muhammad