Get Mystery Box with random crypto!

Kecha @sayyid_academy’ning rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi. Alha | Sayyid academy

Kecha @sayyid_academy’ning rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi. Alhamdulillah, yaqinlarimiz tashrif buyurishdi, duolar qilishdi.

Shu oʻrinda tashrif buyurib oʻz maslahatlarini ayamagan Javohir aka va Shavkat Hasan akaga, bizga yaqindan xayrixohlik qilib, yordamlashgan doʻstimiz Mirgʻiyos qoriga, duolari bilan bizni xushnud etgan, endi tanishgan boʻlsak-da yaqin olib qoʻllab-quvvatlagan Doniyor aka Nasriddinovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Shuningdek, Azizbek aka va boshqa mehmonlarimizga, qandaydir sabablarga koʻra kela olmagan, lekin qalban biz bilan birga boʻlib qoʻllab-quvvatlagan akalarimizga, ayniqsa, Temurbek akaga ham alohida tashakkur izhor etamiz. Alloh barchalaridan rozi boʻlsin! Boshlagan ishlarimizni xayrli va manfaatli qilsin!

@Iysoxon