Get Mystery Box with random crypto!

Sayyid Academy'da katta miqyosda ochiq dars tashkil etildi Xa | Sayyid academy

Sayyid Academy'da katta miqyosda ochiq dars tashkil etildi

Xabaringiz bor, Sayyid Academy'da "Arab tili qiyinmi?" mavzusida ochiq dars tashkil qilinishi haqida ma'lum qilgan edik.

Kuni kecha jamoamiz bilan birgalikda tinglovchilar uchun "Arab tili qiyinmi?" mavzusidagi ushbu ochiq darsimizni o'tkazib oldik. Ochiq darsda Sayyid Academy katta ustozi tomonidan arab tilini tez va oson o'rganish bo'yicha dastur haqida ma'lumotlar hamda kelgan insonlardan berilgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek, ochiq darsimizda “Hilol jurnali musahhihi — G'iyosiddin Yusuf, Najot Ta'lim markazi o'quv bo'limi rahbari — Javohir Izzatulloh, Najot Ta'lim HR bo'limi rahbari — Ali Zairov, Rasta App — tezkor yetkazib berish dasturi asoschisi — Xurshid Maroziqov, Akfa University professori — Valijon To'raqulov, Facebookda faoliyat olib borgan — Nuriddin Iminoxunov, Ziyouz.com online kutubxonasi asoschisi — Davronbek Tojialiyev kabi mehmonlar ham ishtirok etishdi. Bu ochiq darsimizga yana ham ko'tarinki ruh va kayfiyat bag'ishladi deb bemalol ayta olamiz.

Ochiq dars so'ngida esa o'quvchilar uchun yangi dasturdagi arab tili darslariga 50% gacha maxsus chegirmalar taqdim etildi.

Sayyid Academy jamoasi ushbu tadbirimizda ishtirok etgan mehmonlar — G'iyosiddin Yusuf, Javohir Izzatulloh, Xurshid Maroziqov, Valijon To'raqulov va Davronbek Tojialiyevlarga va kelgan barcha qatnashchilarga, shuningdek, ushbu tadbirni tashkillashtirishda alohida yordam bergan Cambridge LC o'quv markazi hamda Mars IT school markaziga tashakkur izhor qiladi.

Siz ham har tomonlama oson va qulay qilib ishlab chiqilgan dastur asosida arab tili grammatikasini o'rganishni istasangiz, sizni kurslarimizda kutib qolamiz.

Ma'muriyatga bog'lanish

+998956060600