Get Mystery Box with random crypto!

Bloomberg: Twitter ijtimoiy tarmoqni sotib olishni istamagani | Sayt.uz - biznesni rivojlantirish markazi

Bloomberg: Twitter ijtimoiy tarmoqni sotib olishni istamagani uchun Ilon Maskni sudga beradi

Bloomberg o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildiki, Twiiter shu hafta boshida Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olishdan bosh tortgani uchun sudga bermoqchi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Twitter rahbariyati Nyu-Yorkda joylashgan Wachtell, Lipton, Rosen & Katz (WLRK) yuridik firmasi bilan kompaniyani sudda himoya qilish uchun shartnoma imzolagan. Twitter shu hafta boshida Delaver shtatida sudga murojaat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgan edi, buni kompaniyaning yuridik bo‘limi boshlig‘i Vijayi Gadde nomiga AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytida e’lon qilingan xabarnoma nusxasi tasdiqlaydi.


https://t.me/+QItBpa_48_B2KgFN