Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Markaziy Osiy | Sayohatnoma 505

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — O'zbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978km2. Aholi soni — 35 320 000 kishi (2022). Pul birligi — SO'M. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahridan va Qoraqalpog'iston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogiston; shimoli-sharqdan Qirgiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afg'oniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.