Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor bir necha kundan beri Parkent tumani qanday hud | QIZIQARLI TV

Xabaringiz bor bir necha kundan beri Parkent tumani qanday hudud toifasiga kirganligi haqidagi bir-biriga mos kelmaydigan ma'lumotlar kõpchilikni ikkilanishiga sabab bõlayotgan edi.

Bugun 17-iyun kuni soat 21:30 da Toshkent viloyati hududiga Koronovirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bõyicha viloyat muvofiqlashtiruvchi tezkor shtabi masalaga tõliq oydinlik kiritib berdi.

Tezkor shtabning ma'lumotiga kõra Parkent tumani 16-iyundan buyon rasman sariq hudud toifasiga õtkazilgan. Ammo, 12-iyun kuni e'lon qilingan ma'lumot Toshkent viloyati hokimi tomonidan imzolanmaganligi bois bu xabar õz isbotini topmagan edi. Bu xabar Parkent tumani hokimligi matbuot xizmati mas'ullari tomonidan shoshma-shosharlik bilan qõyilgani ma'lum bõldi.

Endilikda, ishonchli manba sifatida Parkent hayoti kanali Toshkent viloyati hududiga Koronovirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bõyicha viloyat muvofiqlashtiruvchi tezkor shtabi bilan yaqindan hamkorlikni yõlga qõyishni kelishib oldi.

@Parkent_hayoti