Get Mystery Box with random crypto!

Kunlarning birida xalifa Horun ar- Rashid Bahlul Donoga shunda | ZIKR AHLIDAN SO'RANG... NORASMIY!

Kunlarning birida xalifa Horun ar- Rashid Bahlul Donoga shunday dedi: 

— Agar mening savolimga to‘g‘ri javob bersang, ming oltin dinor beraman, agar xato quilgudek bo‘lsang, soqol va mo‘ylovingni qirdirib, eshakka o‘tkazib bozor va ko‘chalarda hammaga sazoyi qilaman.

— Menga hech qanday boylik yoki oltin dinor kerak emas. Ammo men savolingizga to‘g‘ri javob bersam, siz pashshalarga bizni endi bezovta qilmasligini buyura olasizmi?

Horun ar-Rashid biroz o‘ylanib qoldi va javob qaytardi:

— Pashshalarni nazorat qilishning umuman iloji yo‘q-ku.

Shunda Bahlul dedi:

— Pashshadek kichkina mavjudotga ham gapi o‘tmaydigan insondan yana nimani kutish mumkin?!

Ahmad Sharifning “Dono Bahlul haqida ibratli hikoyalar” kitobidan

Diyor Shomirzaev tarjima qildi