Get Mystery Box with random crypto!

​​Tulki Alisa va mushuk Bazilio Buratinoning oltin tangalariga | Garant bank

​​Tulki Alisa va mushuk Bazilio Buratinoning oltin tangalariga egalik qilishdan oldin ko'p usullarni sinab ko'rishdi. Ammo toshbaqa Tortilla aytganidek, «bu 300 yil oldin bo’lgan». Bugungi kunda onlayn firibgarlar butunlay boshqacha darajaga yetdi. Biz sizga farzandingizni ularning ta'siridan qanday himoya qilish kerakligini aytamiz.

Onlayn o'yinlarda o'yinchilar qahramonlarni yanada kuchaytirish maqsadida narsalarni almashtiradilar yoki sotadilar. Bolaga tushuntiring, agar unga bunday taklif kelib tushsa, zudlik bilan ota-onani xabardor qilish kerak.

Ko'pincha o'smirlar yangi gadjetga intilish yo’lida bir vaqtning o'zida hamma narsani xohlashadi, ular tez va oson pul topish haqida jozibali sarlavhalarga aldanib qolishlari mumkin. Qoida tariqasida, bu moliyaviy piramidadir. Bolaga piramidalar nima ekanligini tushuntiring va agar u biror narsani xohlasa, bu haqda ota-onaga xabar berishi maqsadga muvofiqdir.

Ko'p hollarda firibgarlar to'satdan yutuq haqida xabarlarni tarqatadilar. Lekin uni olish uchun siz saytda kichik komissiya to'lashingiz kerak. Bular karta ma'lumotlariga ega bo’lish va undan barcha pullarni yechib olish uchun mo'ljallangan fishing saytlar.

Farzandingiz bilan moliya, ularni qanday tejash, oshirish va boshqarish haqida gaplashing. Shunda farzandingiz umidsizliklar va firibgarlik sxemalariga tushib qolishdan maksimal darajada sug‘urtalanadi.
————————————
Garant bank
Telefon: +998 71 200-27-00
Veb-sayt: garantbank.uz
— - — - —
Лиса Алиса и кот Базилио перепробовали много способов прежде, чем завладеть золотыми монетами Буратино. Но как сказала бы черепаха Тортилла «это было 300 лет назад». Сегодня онлайн-мошенники вышли на совершенно иной уровень. Рассказываем, как уберечь ребенка от их влияния.

В онлайн-играх игроки обменивают или перепродают вещи для улучшения персонажей. Объясните ребенку, что, если ему поступают такие предложения, нужно уведомить об этом родителей.

Зачастую подростки хотят все и сразу, в погоне за новомодным гаджетом, они могут повестись на заманчивый заголовок о быстрых и легких деньгах. Как правило – это финансовые пирамиды. Объясните ребенку, что такое пирамиды и если он что-то хочет, то лучше сообщить об этом родителям.

Нередко мошенники распространяют рассылки о внезапном выигрыше. Но чтобы его получить, нужно оплатить небольшую комиссию на сайте. Это фишинговые сайты, рассчитанные на то, чтобы заполучить данные карты и снять с нее все деньги.

Говорите с ребенком о финансах, о том, как их уберечь, приумножить и распоряжаться. Тогда ваше чадо будет максимально застраховано от разочарований и попадания на мошеннические схемы.
————————————
Garant bank
Телефон: +998 71 200-27-00
Веб-сайт: garantbank.uz