Get Mystery Box with random crypto!

Oʼzbekning 100 ta soʼzdan iborat hayoti. Beshik, Yoʼrgak, Yig | Saturian (Xudbin) ! 🔕

Oʼzbekning 100 ta soʼzdan iborat hayoti.

Beshik, Yoʼrgak, Yigʼi, Til.
Ilk qadam, Pediator.
Xoʼrozqand, Qum, Oʼyinchoq.
Buvi, Yasli, Аrgʼumchoq.

Maktab, Ikki, Uch, Toʼrt, Besh.
Toʼp, Oʼyin, Darsdan qochish.
Koʼcha, Doʼstlar, Tun, Sayoq.
Urish, "Tolpa", Gips, Yotoq.

Repetitor, Oliygoh.
Sigaret, Pivo, Аroq.
Yoz, Sessiya, "Uzatish".
Vikipediya, Diplom ish.

Qiz, Sevgi, Karashma, Noz
Koʼz, Yuz, Qoʼl, Lab, Ehtiros.
Qarz, Toʼy, Mebelь, Zoʼr artist.
Rossiya, Patent, Taksist.

Uy, Oila.
Uy, Ish.
Quyosh, Yoz.
Qor, Qish.

Oʼgʼil, Taglik, Beshik toʼy.
Biznes, Jazman, Pinhon uy.
Dacha, Remont, Moshin, Pul.
Televizor, Futbol, Pulьt.

Choyxona, Mahalla, Osh.
Koʼzoynak, Oqargan soch.
Masjid, Nevara, Beshik.
Qon bosimi, Dard, Toʼshak.

Yurak, Buyrak, Shifokor.
Janoza, Tobut, Mozor.