Get Mystery Box with random crypto!

Satrlardan_Parchalar

Telegram kanalining logotibi satrdan_parcha — Satrlardan_Parchalar S
Telegram kanalining logotibi satrdan_parcha — Satrlardan_Parchalar
Kanal manzili: @satrdan_parcha
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11
Kanalning ta’rifi

Assalomu aleykum 👋
hurmatli kanalimiz obunachilari
Bu kanalni YAXSHI NIYATlar bilan yaratdik va nomini SATRLARDAN_PARCHALAR deb nomladik bunga sabab: biz kanalga MASHHUR ASARlardan barchamiz uchun foydali bo'lgan jumlalarni joylab boramiz (inshaalloh)

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-26 16:53:47
#giveaway

Sizda iPhone 14 Proga ega bo'lish uchun ajoyib imkoniyat bor. Shartlari esa oddiy:

1. Shu kanalga obuna bo'lasiz.
2. Ushbu postni 3 ta yaqiningizga yuborasiz.
3. Ishlab, pul topib iPhone 14 sotib olasiz.

@boburjon_mavlonov
20 views13:53
Ochish/sharhlash
2022-12-25 13:13:19 Juda yaqin kishilardan boshqalarga "Sizga xizmat bor" demayman. Chunki o‘zimni birovga xizmat aytishga loyiq kishi deb bilmayman. Ayniqsa, yaqin bo‘lmagan kishilarga bunday deyish kibr bo‘lib qolmasin deb o‘ylayman. Shuning uchun bunday holatlarda "Sizga iltimos bor" deyman. Shuningdek, boshqa bir kishi "Bizga nima xizmat?" desa, falon ishni qiling deyishga, ya’ni xizmat aytishga loyiq emasman. Bunday holatda ham, "Xizmat yo‘q, iltimos bo‘lishi mumkin", – deyman. "Ha, falondek qiling" deyish tavoze(kamtarlik)ga to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylayman.

#yoshlar

@GiyosiddinYusuf
21 views10:13
Ochish/sharhlash
2022-12-25 11:38:15 — Xo‘sh, seningcha Allohning eng qimmatbaho surati nima ekan?

— Quyoshmi?

— Yo‘q.

Oymi?

— Topolmading.

— Ummonlar, tog‘lar, vodiylar...

— Yo‘q, bular ham emas.

— Nima, o‘sha asabga tegadigan bitlar, demoqchimisiz?!

      Javobni bunchalik uzoqlardan izlayotganingga qaraganda, oynaga uncha ko‘p qaramaysan, chog‘i. Ha, kattarib borayotgan burning yoki peshonangning shundoq o‘rtasida chiqqan husnbuzar ham oynalardan qochishingga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo tashvishlanma, hammasi o‘tib ketadi.
      Agar shu o‘smirlikning dilni xira qiladigan ishoralariga bir lahza e’tibor qilmasdan oynaga qarasang, borliqdagi eng go‘zal, eng muhim va eng qiymatli san’at asari o‘zing ekanini bilgan bo‘larding.
      «Sen qanaqa bolasan?!» deyishlariga parvo qilma! Sen har qanday holatingda va har qanday ko‘rinishing bilan g‘oyatda qiymatlisan.

Xadicha Kubro Tongarning “Boshimning toji” kitobidan #Iqtibos

@GiyosiddinYusuf
19 views08:38
Ochish/sharhlash
2022-12-25 00:23:41 ​​Салмон Форсий розияллоҳу анҳу Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг мавлолари. Ҳадис ровийларидан. Форсликлар орасида Исломни энг биринчи қабул қилган. Набий алайҳиссалом: "Салмон биздан, аҳли байтдан", деб марҳамат қилганлар (Имом Ҳоким ривояти).
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам рафиқул аълога риҳлат қилгач, хулофаи рошидинлар даври бошланди. Ҳазрати Умар розияллоҳу анҳу замонида Салмон розияллоҳу анҳу Форс ўлкаларининг фатҳ этилиши гувоҳи бўлди. Кейинчалик шаҳарлардан бирига волий этиб ҳам тайинланди.

Кунларнинг бирида Шомдан юртига қайтаётган киши Салмонга рўбарў келди. Оғир юклари бор эди. Салмон розияллоҳу анҳунинг баланд бўйли, бақувват эканини кўриб, ҳаммол деб ўйлади, шекилли: "Мана бу юкларни кўтариб, ортимдан эргаш", деди. Салмон розияллоҳу анҳу у одамга қаради-да, танимаганини билиб, айтганидек қилди. Йўлда одамлар волийни кўриб, раҳмлари келар, бирма-бир: "Эй амир, юкларни бизга берсангиз, ўзимиз кўтарсак?" деб ялинишарди.
Одамларнинг гап-сўзларини эшитиб, ҳалиги одам довдираб қолди. Гап нимада эканини билиш учун йўловчилардан бирини тўхтатди ва: "Бу ким?" деб сўради ва: "Амиримиз шу киши бўладилар", деган жавобни олди.
Мусофир ҳушёр тортди. Қилган ишидан пушаймон еб, волийга: "Сизни танимабман. Аллоҳ яхшилик билан мукофотласин, ҳозироқ бу юкларни ташланг", деб ўтина бошлади. Лекин Салмон Форсий розияллоҳу анҳу рози бўлмади. Фақат уйининг остонасига олиб келганидагина юкларни қўйди ва: "Бу ишимдан учта фойда олдим. Нафсимдан кибрни узоқлаштирдим ва бир мусулмоннинг ҳожатини чиқардим. Гарчи менга бўлмаса-да, мендан кўра заифроқ мўминга ушбу юкларни кўтартирган бўлардинг. Бу ишим билан ўша заифнинг оғирини енгиллатдим", деди.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
16 views21:23
Ochish/sharhlash
2022-12-22 21:40:23 Qadriyatlar gapirilmaydi, yashaladi

“Men aldamayman, bilasan-ku”

“Qachon yolg’on gapirganimni ko’rgansan?”

Yolg’on gapirmasligini ko’p aytadiganlar — eng ko’p aldaydiganlar bo’ladi

Doim to’g’risini gapiradigan odamlar, aldamasligi haqida hammaga gapirib yurmaydi

Nega?

Chunki ular buni fazilat deb bilmaydi

Halol odam uchun halollik oddiy holat. Har kuni qiladigan ishi

Tog’riso’z odam uchun aldamaslik oddiy holat, boshqachasini bilmaydi

Oddiy ishlar bilan hech kim maqtanmaydi

Men har kuni uxlayman

Yoki

Tishimni yuvaman deb maqtanmaysan-ku?

Alohida ta’kidlab gapiryaptimi, rost gapirish bu odam uchun oddiy holat emas

Buning misoli

Bir marta Pradoga o’tirib, rasmga tushib, hammaga ko’rsatib yurgan bolaga o’xshaydi

Hayotida bunday voqea kam bo’lgani uchun alohida ko’rsatadi, maqtanadi.

Huddi shunday mantiqda:

Allohdan qo’rqishini ko’p aytadiganlar, kam qo’rqadiganlar

Qanchalar ko’p va zo’r ishlashini gapiradiganlar, kam ish qiladiganlar

Halolligini hadeb gapiraveradiganlar, halollikka kam e’tibor beradiganlar

Do’stim, jigarim deb ko’p takrorlaydiganlar, qiyinchilikda birinchi bo’lib tashlab ketadiganlar bo’ladi

@azizrakhimov_blog
13 views18:40
Ochish/sharhlash
2022-12-22 01:30:43 U yillar shunday bir davr ediki, butun huquq Mamanbeyga o'xshagan kitob nimaligini bilmagan savodsizlar ixtiyoriga berib qo'yilgan edi. Hatto o'sha yillar "pastdan yuqoriga ko'tarish" siyosati qo'llanib, oddiy ishchimi, qorovul bormi, rahbarlik ishlariga ko'tarilavergandi. Hatto maktab qorovuli Qosim aka degan savodsiz bir odamni 1920 yillarining oxirida men o'qigan "Shayx Sa'diy" maktabiga mudir qilib tayinlab, bir necha tillarni va fanlarni biladigan Jamil afandi, Yahyo afandilarni esa quvg'in qilib, ayrimlarini qamashgandi. Mamanbeydeklarning aytgani aytgan, degani degan zamonlar edi.

Shukrullo "Kafansiz ko'milganlar" kitobidan

Bizning kanal
17 views22:30
Ochish/sharhlash
2022-12-18 18:56:01 Farosatsiz odamga qarab sen farosatsizsan demang, chunki farosati yetmaydi farosatsizligiga)

Islom Shermatov
24 views15:56
Ochish/sharhlash
2022-12-17 20:10:55 Dunyodagi eng qisqa 11 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga harakat qiling.

1-hikoya: Hayrat
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

2-hikoya: Robiya
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

3-hikoya: Eng qisqa hikoya
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

4-hikoya: Qasd va xalos
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

5-hikoya: E’lon
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

6-hikoya: Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

7-hikoya: Umid
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

8-hikoya: Gunohkor
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

9-hikoya: Optimist
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

10-hikoya: 6 so’zli hikoya
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan...

11-hikoya: Qo’rquv
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.

Qisqagina so'z, lekin badaningizni bir seskantiradigan ma'noga ega shunday emasmi? Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang. Sizda ham shunday hikoyalar bo'lsa, kommentariyada yozib qoldiring. Eng yaxshilarini ertaga kanalimizga joylaymiz.

@kitobxonyoshlar — Sahifamizga obuna bo'ling
27 views17:10
Ochish/sharhlash
2022-12-16 17:37:06 Qadringni oshir

Ishga kirasan

Uzoq yillar ishlasam, qadrlab ko’tarishadi deb o’ylaysan

Unday bo’lmaydi

Xato qilmasam, oyligim oshadi deb o’ylaysan

Unday bo’lmaydi

Oylik oshishi uchun qadring oshishi kerak

Qadring oshishi uchun — qiyin ishlarni qilishing kerak

Muammolarni mustaqil hal qilish

Shikoyatlarni eshitish

Rahbarlarga takliflar berish, mas'uliyat bilan bajarish

Jamoani o’stirish, o’rgatish

Xatolaringni tan olib, ularni to’g’rilash

Bu ishlarni qilish qiyin, lekin past oylikka ishlash undan ham qiyin

@azizrakhimov_blog
15 views14:37
Ochish/sharhlash
2022-12-16 13:01:56 Ko‘pincha qandaydir xabar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda “Surish kerak” mavzusi trendga chiqadi. O'z sohasida kuchli mutaxassis bo‘lgan insonlarni vatandan bosh olib chiqib ketganiga ham tez-tez guvoh bo‘lamiz.

Insonlarni surishga nima majbur qiladi? Surish qay holatda to‘g‘ri, qay holatda aksincha? O‘zi bu mavzuga qaysi tomondan yondashish kerak? Har yili qancha inson yurtni tark etadi va qaysi sabab bilan?

Shu savollarni, umuman “Surish kerak” trendini "Alohida mavzu"ning yangi sonida muhokama qildik. Loyiha mehmonlari maʼlum vaqt chet elda yashagan, o‘qigan va hozirgi kundagi faoliyatini o‘zimizda olib borayotgan insonlar bo‘lishdi.

Foydali maʼlumot va mulohazalarga boy bo‘lgan ushbu suhbat premyerasi bugun soat 20:30 da Alohida mavzu YouTube kanalida bo‘lib o‘tadi. Albatta tomosha qiling!



21 views10:01
Ochish/sharhlash