Get Mystery Box with random crypto!

O‘rgan... Yig‘i paytida ham kulishni o‘rgan... Mayli, seni g | Satrlardan_Parchalar

O‘rgan...

Yig‘i paytida ham kulishni o‘rgan...
Mayli, seni g‘amdan «o‘lmadi» desin...

Kimgadir tasalli berishni o‘rgan...
«Bu tabib hech kasal bo‘lmadi!» desin...

So‘lish paytida ham gullashni o‘rgan...
«G‘unchalari ayoz ko‘rmadi!» desin...

Yiqilganni mudom qo‘llashni o‘rgan...
«Yuzga boqqulik hol qolmadi!» desin...

Uyalsin, uyalsin... Qilganlaridan...
Seni mudom yerda xor ko‘rganlaridan...

Sabring omon bo‘lsin, so‘ylama ohing...
Alloh o‘zi bo‘lsin sening panohing...

Manba