Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligin | Shermatova Sarvinoz™

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida “Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mastahkam qalqonidir!” shiori ostida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi

Tadbir davomida:
“Men g‘olib” shiori ostida yugurish sport musobaqasi soat 9:30 da Olimpiya zaxiralari kolleji oldida start beriladi;
“Mening armiyam - mening faxrim” mavzusida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” tanlovi;
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi;
“To‘g‘ri ovqatlanish - salomatlik garovi” shiori ostida savdo yarmarkasi;
Tantanali madaniy tadbir dasturlari bo‘lib o‘tadi.

P/s: G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar!

Bundan tashqari, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda professionallar ishtirokida jangovar chiqishlar namoyish etiladi.

Barchani 2023-yil 7-yanvar kuni soat 10:00 da Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasiga taklif qilamiz!

Telegram Facebook Instagram YouTube